Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Fevral/2023   Sport

O‘zbekiston vakillari Bolgariyada o‘tkazilgan qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichida ikkinchi o‘rinni egalladi

TOSHKENT, 6-fevral. /“Dunyo” AA/. Bolgariyaning Plovdiv shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon kubogining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Unda muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi musobaqa yakuniga ko‘ra jahon reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

O‘zbekistonlik sportchilar jamoaviy dasturning saralash bosqichlarida Buyuk Britaniya, Ruminiya, yarim finalda Misr terma jamoalari aʼzolarini mag‘lubiyatga uchratdi. Murosasiz kechgan final bellashuvida Fransiya vakillarining qo‘li baland keldi - 42:45. Natijada qilichbozlarimiz kumush medal bilan taqdirlandi.

Jamoamiz aʼzolari musobaqa yakuni bo‘yicha 52 ochkoga ega bo‘ldi va jahon reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Qizlar o‘rtasida kechgan bahslarda O‘zbekiston vakilalari kuchli sakkizlikdan joy oldi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston og‘ir atletikachilari xalqar...

Joriy yil 18-19 iyul kunlari Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi ilk bor katta ko‘lamda o...

Stol tennisi bo‘yicha Afg‘oniston terma ...

Stol tennisi bo‘yicha Afg‘oniston terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun...

Bektemir Meliqo‘ziyev meksikalik bokschi...

Bektemir Meliqo‘ziyev meksikalik bokschini ishochli tarzda yengib WBO Inter-kontinental ka...

So`nggi yangiliklar