Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/May/2023   Hamkorlik

O‘zbekiston Italiya bilan qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni kengaytiradi

RIM, 30-may. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 22-26-may kunlari O‘zbekistonning Rimdagi elchixonasi va BMT Taraqqiyot dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi ko‘magida mamlakatimizning Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tizimidagi qator ilmiy-tadqiqot institutlari mutasaddi rahbarlaridan iborat delegatsiya Italiyada bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Yevropa Ittifoqi loyihasi doirasida O‘zbekiston oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish, shuningdek, qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar sohasida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish bilan izohlanadi.

Tashrif davomida O‘zbekiston vakillari Italiya qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va o‘rmonchilik vazirligi, Qishloq xo‘jaligida ilmiy tadqiqotlar va iqtisodiy tahlil kengashi, Agrar siyosat va bioiqtisodiyot tadqiqot markazi hamda Uzumchilik va enologiya tadqiqot markazi mutasaddi rahbarlari bilan samarali uchrashuv va muloqotlar o‘tkazdi.

Italiyalik mutaxassislar mamlakat qishloq xo‘jaligi, shu jumladan, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, chorvachilik va baliqchilik tarmoqlari hamda irrigatsiya tizimlarining bugungi holati va istiqbollariga oid taqdimotlar o‘tkazdi.

Shuningdek, delegatsiya vakillari Italiyadagi bilim va innovatsiyalarning amaldagi integratsiyasini o‘rganish maqsadida mamlakatning Emilya-Romanya va Veneto hududlarida joylashgan qator ko‘rgazma maydonlarida ham bo‘lishdi.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan o‘rnatilgan hamkorlikni yana-da kengaytirish va qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish  masalalari xususida fikr almashildi.

Shuningdek, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va uning salohiyati to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazildi. So‘nggi olti yil davomida agrar sohada o‘tkazilayotgan tub islohotlar, shuningdek, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2030 yilga mo‘ljallangan strategiyasining izchil ro‘yobga chiqarilayotgani Italiya mutaxassislarida qiziqish uyg‘otdi.

Shu bilan birga, tomonlar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimini qo‘llab-quvvatlash borasida hamda ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oldi.

O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida kelgusida agrar sohada zamonaviy bilim va innovatsiyalar borasidagi yaqin hamkorlik mamlakatimizning barqaror rivojlanishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishga xizmat qiladi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Uy-joy kommunal xizmat ko‘rs...

O‘zbekiston Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi xodimlari hamda Davlat xizmatlarin...

O‘zbekistonlik va amerikalik mutaxassisl...

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari, Toshkent Dav...

Stokgolmda O‘zbekiston va Shvetsiya o‘r...

O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Shvetsiya Milliy savdo kengashi departament rahbari May...

So`nggi yangiliklar