Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/May/2022   Ta'lim

O‘zbekiston elchisi Vilnyusda Boltiqbo‘yidagi yetakchi texnika oliy o‘quv yurtlaridan birining rahbari bilan uchrashdi

VILNYUS, 24 may. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston elchisi Qadamboy Sultonov Litva poytaxtida Gedeminas nomidagi Vilnyus texnika universiteti (Vilnius Gediminas Technical University – VGTU) rektori Romualdas Klyukas bilan uchrashdi,  deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Vilnyus texnika universiteti Litvada muhandislik va ilmiy yo‘nalishda ta’lim berish sohasidagi yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Oliy bilim yurti ilg‘or ilmiy-tadqiqot markazlariga, zamonaviy laboratoriyalar va boy o‘quv-uslubiy zaminga ega.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston sanoati ravnaqiga salmoqli hissa qo‘shishga qodir bo‘lgan, shuningdek,  zamonaviy talablarga javob beradigan texnik kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Tomonlar universitetlararo ilmiy-texnikaviy va innovatsion hamkorlik, qo‘shma ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, birgalikda ilmiy tadbirlar tashkil etish hamda professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishdan mushtarak manfaatdorlik bildirdi.

Olim va tadqiqotchilar hamda ilmiy axborotlarni o‘zaro almashish, hamkorlikda noshirlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ grant dasturi doirasida ikki diplomli ta’lim tizimini qo‘llash va o‘zaro hamkorlikni faolllashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokamasiga ham alohida e’tibor qaratildi. 

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha universitetlararo hamkorlik asoslarini rasmiylashtirish, shuningdek, birgalikda madaniy-gumanitar tadbirlarni tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya univer...

Mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasi ko‘magida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya univ...

O‘zbekiston elchixonasi: Indoneziya univ...

Kecha O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasida Singaperbangsa Karavang (Universitas Si...

Toshkentda maktabgacha ta'lim sohasida O...

Mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekistonga ta...

So`nggi yangiliklar