Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Oktabr/2022   Eksport

O‘zbekiston 8 oy mobaynida 22 million dollar miqdorida gilam eksport qildi

TOSHKENT, 6-oktabr. /“Dunyo” AA/. Uzbekiston joriy yilning yanvar-avgust oylari davomida dunyoning 13 mamlakatiga 22 million AQSH dollari miqdorida gilam eksport qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Statistika davlat qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, gilam eksporti o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 1,1 mln dollarga kamaygan.

O‘zbekistondan eng ko‘p gilam mahsulotini Qirg‘iziston ($12,7 mln), Ozarbayjon ($3 mln), Afg‘oniston ($2,2 mln), Rossiya ($2,2 mln), Qozog‘iston ($843 ming), AQSH ($358 ming) va Tojikiston ($305 ming) import qilgan.

Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston 2021 yili dunyoning 18 mamlakatiga 42,1 million dollar miqdorida gilam eksport qilgan edi.

Mavzuga oid

Misrga o‘z mahsulotlarini eksport qilayo...

Misr Moliya vazirligi 2023 yil 1 yanvardan boshlab mamlakat aeroportlarida mahsulotlar yub...

​O‘zbekiston besh oyda qancha meva-sabza...

O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, mamlakatimiz joriy yanvar-may o...

O‘zbekiston joriy yilning dastlabki 2 oy...

2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston 114 million dollarlik meva-sabzavot ekspor...

So`nggi yangiliklar