23/Fevral/2023 Vatandoshlarimiz
OQTOV, 23-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Oqtov shahridagi «Premium Plaza» turar-joy majmuasi qurilishi maydonida vaqtincha ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashdilar, deb xabar bermoqda Dunyo AA muxbiri.
Muloqot chog‘ida mamlakatimizda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy voqealar, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarimizni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, mehnat migratsiyasi xavfsizligini taʼminlash borasida davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Shu bilan birga, fuqarolarimizga o‘zlari bo‘lib turgan davlat qonunlariga rioya qilish muhimligi taʼkidlandi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat so‘nggida vatandoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga dilomatlardan batafsil javob oldilar.