Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Yanvar/2022   Eksport

O‘tgan yili O‘zbekiston dunyoning 182 mamlakati bilan savdo munosabatlarini hayotga tadbiq etdi

TOSHKЕNT, 21-yanvar. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston o‘tgan yili jahonning 182 mamlakati bilan savdo munosabatlarini amalga oshirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayangan holda.


Tashqi savdo aylanmasining eng ko‘p hajmi Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda - 17,9% va 17,7%. Keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston (9,3%), Turkiya (8,1%), Koreya Respublikasi  (4,5%), Qirg‘iziston (2,3%) va Turkmaniston (2,1%) band etgan.

O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik sherik mamlakatlari orasida, jumladan, Afg‘oniston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi uch davlat bilan faol tashqi savdo balansi kuzatiladi.

Eslatib o‘tamiz: o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha tashqi savdo aylanmasi 42,1 milliard AQSH dollariga yetdi. Bu 2020 yilning shu davriga solishtirganda 5,8 milliard dollarga ko‘pdir (o‘sish 16 foiz). Eksport 16,6 milliard dollarni (2020 yilning yanvar-dekabr oylariga taqqoslaganda o‘sish 10 foiz), import esa 25,5 milliard dollarni (2020 yilning yanvar-dekabr oylariga taqqoslaganda o‘sish 20,4 foiz) tashkil qildi. Natijada tashqi savdo aylanmasi saldosi -8850,4 million dollar miqdoridagi passiv balansni tashkil etdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston 2020 yilda 18 ta xorijiy dav...

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston 2020 yilda 18 ta xo...

Ozarbayjonda Chevrolet Damas, Labo, Lace...

Kecha Ozarbayjonning Hojiqabul shahridagi «Azermash SR» MCHJ qo‘shma korxonasida ishlab c...

O‘zbekiston Respublikasining tashqi sav...

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-may oylarida O‘zbeki...

So`nggi yangiliklar