Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Oktabr/2021   COVID-19

O‘tgan bir sutka davomida O‘zbekistonda 305 kishida koronavirus qayd etildi


TOSHKЕNT, 26-oktabr. /«Dunyo» AA/. Kecha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlarning soni 305  taga ortib, umumiy kasallanganlar 184 ming 233 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Yangi kasallanish holatlari respublikamizning barcha mintaqalarida kuzatildi. Eng ko‘p holat mamlakatimiz poytaxtida (110), Toshkent (59), Samarqand (35)  va Farg‘ona (21) viloyatlarida qayd etildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, kecha koronavirus infeksiyasiga chalingan 358 nafar bemor ushbu darddan forig‘ bo‘lgan, kasallikdan sog‘ayganlarning umumiy soni 179 ming 845 nafarni tashkil etmoqda.  

Kecha 3nafar bemor koronavirus oqibatida vafot etgani ma’lum qilindi. 

Ayni paytda mamlakatimiz shifoxonalarida koronavirus yuqtirgan 3 ming 079 nafar bemorga davo choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid

Oʼzbekistonda koronavirus haqida hujjatl...

“Oʼzbekkino” Milliy agentligi COVID-19 haqida film tayyorlashga kirishdi.

O‘tgan bir sutka davomida O‘zbekistonda ...

Yakshanba kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 818 taga ortib, ...

8 iyul kuni O‘zbekistonda 422 kishida ko...

Shundan 295 nafari karantin muassasalarida, 127 nafari aholi orasida, 4 nafari esa xalqaro...

So`nggi yangiliklar