Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Dekabr/2021   COVID-19

O‘tgan bir kecha kunduzda O‘zbekistonda 209 kishida koronavirus qayd etildi


TOSHKENT, 2 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘tgan bir kecha kunduzda  O‘zbekistonda 209 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 193 ming 633 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Yangi kasallanish holatlari respublikamizning barcha mintaqalarida kuzatildi. Eng ko‘p holat mamlakatimiz poytaxtida (67), Toshkent (47) va Samarqand (20)  viloyatlarida qayd etildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga chalingan 277 nafar bemor kecha ushbu darddan forig‘ bo‘lgan.  

Shuningdek, seshanba kuni 3 nafar bemor koronavirus oqibatida vafot etgani maʼlum qilindi.

Ayni paytda mamlakatimiz shifoxonalarida koronavirusga chalingan 1 ming 919  nafar bemorga davo choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qa...

Shu bilan birga, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 75 yoshli U.X. (erkak) hamda Shayxontohu...

O‘zbekistonda tibbiyot niqoblari tibbiy ...

Sog‘liqni saqlash vazirining “Tibbiy buyumlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida...

Andijonda yana 4 nafar bemor koronavirus...

Shifokorlarning samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularda infeks...

So`nggi yangiliklar