Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Iyul/2021   COVID-19

O‘tgan bir kecha-kunduzda O‘zbekistonda 1 ming 399 kishida COVID-19 va pnevmoniya kasalligi aniqlandi


TOSHKЕNT, 28 iyul. /«Dunyo» AA/. O‘tgan bir kecha-kunduz davomida   O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 843 taga ortib, umumiy kasallanganlar soni 126 ming 627 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 556 nafar kishida pnevmoniya xastaligi aniqlangan.
Yangi kasallanish holatlari respublikamizning barcha mintaqalarida kuzatildi. Toshkent shahri (123), Toshkent (98) va Surxondaryo (95) viloyatlarida koronavirusga chalinish holatlari ancha yuqori.
 Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, kecha koronavirus infeksiyasiga chalingan 825 nafar bemor ushbu darddan forig‘ bo‘lgan, kasallikdan sog‘ayganlarning umumiy soni 121 ming 145 nafarni tashkil etmoqda.
 Kecha, shuningdek, 8 nafar yurtdoshimiz kasallikning og‘ir kechishi oqibatida vafot etdi.
 Ayni paytda mamlakatimiz shifoxonalarida ushbu kasallik bilan og‘rigan  4 ming 629  nafar bemorga  da’vo choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qa...

“Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Hukum...

COVID-19: Kecha O‘zbekistonda 345 yangi ...

O‘tgan bir sutka davomida O‘zbekistonda koronaviris yuqtirish bilan bog‘liq 345 ta holat q...

Chortoq sihatgohida karantinda boʼlgan 1...

Koreya Respublikasidan olib kelinib, Chortoq sihatgohida karantin kuzatuviga olingan 196 n...

So`nggi yangiliklar