Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Yanvar/2022   Ta'lim

O‘mon Sultonligi nashri O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi talabalari Manah shahrida arab tilidan saboq olishi haqida

MASQAT, 24-yanvar. /«Dunyo» AA/. O‘mon Sultonligida chop etiladigan «Asdaa Oman» gazetasi sahifasida «O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi talabalari Manah shahrida arab tilini o‘rganishadi» sarlavhali maqola bosilib chiqdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Unda Toshkentdagi O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasining bir guruh talabalari 2022 yilning 23 yanvaridan 19 martiga qadar ajnabiy tillarda so‘zlashuvchilarga arab tilini o‘rgatish bo‘yicha Sulton Qobus kollejida tahsil olish uchun O‘mon Sultonligining Manah shahriga yetib kelishgani o‘quvchilar e’tiboriga havola qilingan. 

Maqolada qayd etilishicha, o‘zbekistonlik talabalar ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan arab tilini o‘rganish kurslarini o‘tashadi.

Gazetaning ma’lum qilishicha, bu kollej tomonidan 2021-2022 o‘quv yili uchun e’lon qilingan til o‘rganish kurslari turkumining uchinchi davrasi hisoblanadi. Dastlabki ikkita kurs masofadan turib tashkil etilgan bo‘lsa, ushbu uchinchi davra mashg‘ulotlari pandemiya davrida ijtimoiy masofa va tavsiya etilgan ehtiyot choralari hisobga olingan holda oflayn shaklda uyushtirildi. 

Ushbu o‘quv tadbiri Sulton Qobus kolleji tashkil etilganidan beri ajnabiy tillarda so‘zlashuvchilarga arab tilini o‘rgatish maqsadida o‘tkazilayotgan intensiv kurslarining 42 davrasi hisoblanadi.

Kollej dunyoning turli mamlakatlaridan talabalarni qabul qilishi an’ana tusini olgan. Hozirga qadar ana shunday davlatlarning umumiy soni 55 taga yetdi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda amalga oshiriladigan innov...

Kecha O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligida Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida Av...

Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida ...

Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar muvaffaqiyatli qatnashd...

Termiz davlat universiteti va Kardiff un...

Kecha O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi ko‘magida Termiz davlat universiteti...

So`nggi yangiliklar