Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Oktabr/2021   O'zbekistonning ShHTga raisligi

Nukusda SHHTga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining yig‘ilishi o‘z ishini boshladi


TOSHKЕNT, 27-oktabr. /«ֿDunyo» AA/. Bugun Nukus shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) O‘zbekiston raisligi doirasida tashkilotga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining birinchi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Yig‘ilishdan  ko‘zlangan asosiy maqsad - 2021-2022 yillarda O‘zbekistonning SHHTga raislik doirasidagi ustuvor yo‘nalishlar va asosiy tadbirlar rejasini muhokama qilishdan iborat.

Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston milliy koordinatorlari SHHT Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi hujjatlarini ko‘rib chiqadi, shuningdek, O‘zbekistonning tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarini amalga oshirishning amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashadi.

Shu bilan bir qatorda, xorijiy delegatsiyalarni Qoraqalpog‘istonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, Orolbo‘yi mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari bilan yaqindan tanishtirish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 17 sentabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan SHHT yubiley sammitida O‘zbekiston tashabbusi bilan «SHHT yashil belbog‘i» dasturi qabul qilindi. Dasturda tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid

Indoneziya ommaviy axborot vositalari O‘...

Indoneziya ommaviy axborot vositalari joriy yil 16-17 sentyabr kunlari Dushanbe shahrida b...

SHHTga a’zo davlatlar Milliy koordinator...

Shu yilning 26-30 oktabr kunlari Nukusda O‘zbekistonning SHHTga raisligi doirasida Shanxay...

SHHT Kotibiyatida yangi “Toshkent” zali ...

SHHT kotibiyati binosida yangilangan “Toshkent” zalining tantanali ochilish marosimi bo‘li...

So`nggi yangiliklar