Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Novosibirskdan munosabat: Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar fuqarolarning huquq va manfaatlarini munosib kafolatlaydi

NOVOSIBIRSK, 30-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mamlakatimiz Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha bergan takliflariga Novosibirskda yashovchi faol vatandoshlarimiz “Dunyo” axborot agentligiga o‘z fikr-mulohazalarini yo‘lladi.


Ismoil Rustamov, Novosibirsk shahridagi o‘zbek diaspora tashkiloti vakili:

– Men Sibir hududida salkam 30 yildan buyon mehnat qilib kelaman. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Konstitutsiyamizni takomillashtirish bo‘yicha ilgari surilgan takliflarni sinchkovlik bilan o‘qib, ularni bugungi kundagi hayotimiz uchun qanchalik muhim ekanligini anglab yetdim.

Ayniqsa, davlatimiz xorijda yashayotgan fuqarolar va vatandoshlar bilan aloqalarning saqlanib qolishi hamda rivojlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi to‘g‘risidagi bandni kiritilishi biz uchun judayam katta imkoniyat eshiklarini ochib beradi.

Bu menga va menga o‘xshagan xorijdagi vatandoshlarga milliy madaniyatimizni, urf-odatlarimizni yana-da kengroq targ‘ib etishga shart-sharoit yaratib, kelgusida o‘sib kelayotgan farzandlarimizni erkin va farovon hayotini kafolatlashga xizmat qiladi.

Bobur Saidov, Novosibirsk davlat univetiteti magistranti, SOFTIX.UZ kompaniyasining veb-dasturchisi:

– Men yosh bo‘lsam-da, mutaxassisligimdan kelib chiqib, juda ko‘plab davlatlarning qonunchiligi bilan tanishib chiqqanman. Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar menga yana-da ilhom bag‘ishladi.

Bunga bir misol sifatida har kim Internet jahon axborot tarmog‘iga kirish va undan erkin foydalanish huquqiga ega bo‘lishi men kabi IT-texnologlar uchun judayam foydali bo‘ladi.

Muxtasar qilib aytganda, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartishlar fuqarolarning huquq va manfaatlarini munosib kafolatlashiga aminman.

Mavzuga oid

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi: Tehrond...

Mamlakatimiz elchixonasida «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va q...

Rimda O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy i...

O‘zbekiston elchixonasida Italiyada taʼlim olayotgan vatandosh talabalar ishtirokida mamla...

Seulda O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy ...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ...

So`nggi yangiliklar