Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Mart/2023   Konstitutsiyaviy islohotlar

Novosibirskda vatandoshlar ishtirokida «Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi - mening Konstitutsiyam» shiori ostida targ‘ibot aksiyasi o‘tkazildi

NOVOSIBIRSK, 27-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning  Novosibirskdagi Bosh konsulligi tashabbusi bilan mamlakatimizdagi konstitutsiyaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida vatandosh yoshlar o‘rtasida targ‘ibot aksiyasi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA  muxbiri.


Joriy yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan  referendumni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi - mening Konstitutsiyam» “xeshteg”i ostida tashkil etilgan ushbu targ‘ibot aksiyasida  Novosibirskdagi oliy taʼlim muasasalarida tahsil olayotgan talabalar - Orifjon Ahmadjonov, Ahrorjon Isroilov, Mashrabjon Mingboyev va Sanjarbek Ergashev ishtirok etishdi. 

Unda barcha O‘zbekiston fuqarolari mamlakatimiz taraqqiyoti, aholi farovonligi, yoshlarning porloq kelajagi, inson huquqlarining fundamental asoslari mustahkamlashga hissa qo‘shish uchun 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda Konstitutsiyaviy qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlab ovoz berish uchun  daʼvat etilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasin...

Saudiya Arabistonining yetakchi «Alharir.info veb-saytida «O‘zbekiston Respublikasi Marka...

Singapurdagi vatandosh: Konstitutsiyamiz...

O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan Sin...

O‘mondagi vatandosh: Muhim siyosiy jaray...

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha O‘mon Sultonligid...

So`nggi yangiliklar