Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Oktabr/2021   Saylov - 2021

Niderlandiyaning Utrext shahrida O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni o‘tkazildi


UTRЕXT, 18-oktabr. /«Dunyo» AA/. Kecha O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi huzurida tashkil yetilgan 9-saylov uchastkasi saylov komissiyasi a’zolari Utrext shahrida Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonini tashkil qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA  muxbiri.

Ovoz berish saylov komissiyasi a’zolari, ushbu mamlakatda yashayotgan o‘zbek diasporasi faollari ishtirokida davlatimiz madhiyasi ijrosi bilan  boshlandi.

COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq mavjud vaziyat hamda Niderlandiya qonunchiligi talablarini inobatga olgan holda ovoz berish jarayoni sanitariya-epidemiologik xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda o‘tkazildi.

Saylov kuni Bryusseldagi elchixonaga kelish imkoniyati bo‘lmagan saylovchilar muddatidan oldin ovoz berish huquqini amalga oshirishi uchun barcha  zarur sharoitlar  yaratildi.

O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi yana bir bor Beniluks mamlakatlarida yashayotgan yurtdoshlarimizni 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan ushbu muhim siyosiy tadbirda faol ishtirok etishga chaqiradi.

Mavzuga oid

Eronda tahsil olayotgan yoshlarimiz say...

Xabar qilganimizdek, mamlakatimizning Erondagi elchixonasida tashkil etilgan 53-sonli sayl...

Janubiy Koreyada O‘zbekiston Prezidenti ...

14-20 oktyabr kunlari Janubiy Koreyada ham O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan old...

Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalarida ta...

O‘zbekiston elchixonasida Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan vatandosh...

So`nggi yangiliklar