Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Avgust/2022   Dolzarb

Niderlandiyadan munosabat: Toshkent va Ar-Riyoz o‘z mintaqalarining madaniy va maʼnaviy yetakchilari hisoblangani holda milliardlab musulmonlar uchun diqqatga sazovor bo‘lgan markazlardir

AMSTERDAM, 19-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston – Niderlandiya Do‘stlik jamg‘armasi raisi Daliya Altuntepe O‘zbekiston Prezidentining Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi yakunlarini sharhlar ekan, “Dunyo” axborot agentligiga o‘zining quyidagi fikrlarini bildirdi:


- Tashrif haqiqatan ham tarixiydir. Erishilgan iqtisodiy kelishuvlar o‘nlab milliard dollarni tashkil etdi, bu tashrifning iqtisodiy kun tartibi chuqur o‘rganilgani va puxta hozirlik ko‘rilganidan dalolat beradi.

Raqamlarni hisoblash va savdo-iqtisodiy hamda sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish istiqbollarini tahlil qilish - iqtisodchilar  masalasi. Men O‘zbekiston-Saudiya hamkorligining siyosiy, madaniy va gumanitar jihatlariga eʼtibor qaratishni istar edim.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekiston so‘nggi yillarda barcha asosiy sheriklar bilan o‘zaro aloqalarni izchil mustahkamlab bormoqda. Shuning uchun Ar-Riyoz bilan “ko‘priklar o‘rnatilgani” allaqachon pishib yetilgan tabiiy jarayondir. Aytish mumkinki, shu tariqa Toshkent qaysidir darajada yo‘qotilgan vaqt va imkoniyatlarni o‘z o‘rniga qo‘ydi.

Shu bilan birga, Toshkent va Ar-Riyoz o‘z mintaqalarining nafaqat iqtisodiy, balki madaniy va maʼnaviy yetakchilari bo‘lib, Makkada Haj ziyoratini, O‘zbekistonda esa kichik Haj ziyoratini bajarishni orzu qiladigan milliardlab musulmonlarni o‘ziga jalb qilib turuvchi markazlar - Islom dinining eng buyuk ilohiyotchilari vatani hisoblanadi. O‘ylaymanki, aynan shu jihatlarning o‘ziyoq ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalar tarixan qanchalik mustahkamligini va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari qanchalik keng ochilganini taʼkidlaydi.

Aytish mumkinki, Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrif buyurgani holda nafaqat Ar-Riyoz bilan munosabatlarda, balki o‘z davlati tarixida ham juda muhim sahifani ochdi. Endi bu kelishuvlar ijrochilar tomonidan amalga oshirilishi kerak, xolos.

Mavzuga oid

Niderlandiyalik investor: Prezident Shav...

O‘zbekiston Prezidenti YOII sammitida ishtiroki yuzasidan xorijiy tadbirkor, «Agro Food NL...

O‘zbekiston elchisi Moskva davlat xalqar...

Elchi Bоtirjon Asadov davlatimiz rahbari nomidan kecha Rossiya Tashqi ishlar vazirligining...

Xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalari ...

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining shu yil 21 dekabrdagi qaroriga muvofiq, «Xalqaro pochta...

So`nggi yangiliklar