30/Mart/2023 Konstitutsiyaviy islohotlar
BRYUSSEL, 30-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston – Niderlandiya do‘stlik jamg‘armasi raisi Daliya Altuntepe “Dunyo” AA uchun intervyusida Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarni sharhlar ekan, quyidagi fikrlarini bildirdi:
-Faoliyatim doirasida O‘zbekistonni, uning madaniyati va anʼanalarini Yevropa qitʼasida, xususan, Benilyuks davlatlarida keng targ‘ib qilish tarafdorimiz. Men O‘zbekistonga bir necha marta borganman, ushbu mamlakat va uning aholisi bilan yaxshi tanishman.
30 aprel sanasi O‘zbekiston tarixida mamlakat yangilanayotgan Konstitutsiyasi bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan referendum munosabati bilan tarixiy kun bo‘lishi kutilmoqda.
2017 yildan buyon O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatga ochilish yo‘lida katta qadam tashladi. Respublika turizm, madaniyat, inson huquqlari, iqtisodiyot sohalarida katta yutuqlarga erishdi. Boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik yaxshilandi.
Biz O‘zbekiston uchun bu muhim jarayonlar bilan tanishmiz. Bu safar O‘zbekistonga navbatdagi safarimiz bo‘ladi, uning doirasida xalqaro kuzatuvchilar missiyasi bizga ishonib topshirilgan.
Nazarimda, bular oddiygina Asosiy qonunga kiritilgan qo‘shimchalar emas, aslida, to‘liq yangilanayotgan Konstitutsiya bo‘lib, unda moddalarning yarmidan ko‘pi o‘zgartiriladi. O‘zbekiston «Yangi O‘zbekiston» g‘oyasini muvaffaqiyatli tatbiq etmoqda, mamlakat aholisi barcha o‘zgarishlarni ishtiyoq bilan qabul qilayotir.
Barcha taraqqiyot, ijobiy o‘zgarishlar mamlakatingiz Asosiy qonunida o‘z ifodasini topadi. Ko‘z o‘ngimizda kechayotgan bu jarayonlarni ko‘rib, kuzatishdan mamnunmiz.
O‘zgarishlar inson huquqlari, tadbirkorlik erkinligi va boshqa davlatlar bilan munosabatlar kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab oladi.
O‘zbekiston Asosiy qonuniga o‘zgartirishlar kiritishda xalqaro tajribaga tayandi, xorijiy davlatlar qonunchiligini o‘rganib, xalqaro huquqdan kelib chiqqan holda yangi normalar ishlab chiqdi. Endi ular Konstitutsiyaning yangi tahririga kiritilishi kutilmoqda.