Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/May/2022   "Dunyo" AA reportaji

Namanganda Farg‘ona vodiysi moda haftaligi boshlandi

NAMANGAN. 23 may. /“Dunyo” AA/. Kecha Namanganda Farg‘ona vodiysi moda haftaligi-2022 tadbirlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Moda haftaligi dizaynerlarning yangi to‘plamlari namoyishi bilan boshlandi.

Haftalik davomida tikuvchilik korxonalari, dizayn studiyalari rahbarlari, shuningdek, eksportga yo‘naltirilgan va tovarlarni reklama qilishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga tayyor bo‘lgan marketologlar, top-menejerlar, reklama agentliklari vakillari uchun amaliy seminarlar o‘tkaziladi.

25 may kuni moda haftaligi doirasida Farg‘ona vodiysi yosh dizaynerlari tanlovining finali va 26 may kuni professional  dizaynerlar kolleksiyalarining namoyishi bo‘lib o‘tadi. Har ikki namoyish gullar festivali bo‘lib o‘tadigan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi bog‘da joylashgan xiyobonda o‘tkaziladi.

Moda haftaligi 26 maygacha davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Namangan shahrida 61-xalqaro gullar festivali boshlandi.

Mavzuga oid

«Tashkent Flower Festival 2022» gullar ...

Ikki kundan buyon toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlari «Tashkent Flower Festival 2022»...

“Dunyo” AA fotomuxbiri bahorgi Istanbul ...

“Dunyo” AA fotomuxbiri Anvar Ilyosov dunyoning boshqa shaharlari kabi koronavirus pandemiy...

O‘zbekiston Badiiy akademiyasida «Alloma...

Bugun O‘zbekiston Badiiy akademiyasida «Allomalar portretlari» ko‘rgazmasi ochilish maros...

So`nggi yangiliklar