Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Oktabr/2021   Sport

Nagoya shahrida o‘zbekistonlik vatandoshlar o‘rtasida futbol turniri tashkil etildi


 TOKIO, 19 oktyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi 21 oktyabr - O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Nagoya shahridagi «Shinsakae Futsal Arena» stadionida Kunchiqar mamlakatda taʼlim olayotgan yoshlar va mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimiz o‘rtasida futbol turniri tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

6 ta jamoa qatnashgan turnirning final bosqichida birinchi o‘rinni «Uzbek Eagles», ikkinchi o‘rinni “Registon”, uchinchi o‘rinni “Yucan” jamoalari egalladi.

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov turnir g‘oliblarini ko‘chma kubok, sovg‘a va faxriy yorliqlar bilan taqdirladi.

Shuningdek, diplomatiya missiyasi rahbari Nagoyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizga o‘zbek tilini mustahkamlash, uning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha amalga oshrilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Xususan, so‘nggi yillarda ona tilimizning xalqaro miqyosda nufuzini oshirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani urg‘ulandi.

Mavzuga oid

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionat...

Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Os...

Toshkent «Bike city» xalqaro maqomini ol...

Osiyo velosport konfederatsiyasi (ASS) prezidenti Osama Ahmad Al-Shafar kecha rasmiy tashr...

Lozannada qishki sport turlarini O‘zbeki...

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti maslahatchilari Iskandar Shodiyev hamda S...

So`nggi yangiliklar