Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Yanvar/2022   Iqtisodiy diplomatiya

Moskvada O‘zbekiston va Rossiya to‘qimachilik jabhalarini rivojlantirish bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

MOSKVA, 21-yanvar. /«Dunyo» AA/. Moskvada «O‘zto‘qimachisanoat» uyushmasi, Sberbank va «Strategy Partners» (Rossiya) kompaniyasi o‘rtasida uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish  va O‘zbekiston va Rossiya to‘qimachilik tarmoqlari raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Hujjatni imzolash marosimida «O‘zto‘qimachisanoat» uyushmasi raisi Ilhom Haydarov, Sberbank boshqaruvi raisining o‘rinbosari Anatoliy Popov va «Strategy Partners» kompaniyasi sherik boshqaruvchisi Valeriy Plotnikov hamda mamlakatimizning Moskvadagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi. 

«O‘zto‘qimachisanoat» uyushmasi raisi Ilhom Haydarov imzolangan mazku  bitim doirasida Sberbankning zamonaviy  moliyaviy imkoniyatlaridan foydalanish O‘zbekiston va Rossiya to‘qimachilik tarmoqlari o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo‘yicha tashlangan salmoqli qadam hisoblanishini qayd etdi.

Sberbank boshqaruvi raisining o‘rinbosari Anatoliy Popov xom ashyo va tayyor mahsulot yetkazib berish, korxonalar integratsiyasi va qo‘shma loyihalar ishlab chiqish, raqamli transformatsiyani rivojlantirish hamda barqaror rivojlanish tamoyillaridan qo‘llanish sohalaridagi o‘zaro hamkorlik O‘zbekiston va Rossiya to‘qimachilik  sanoatini sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqishga ko‘maklashishini aytdi. U ishlab chiqarish zanjirida raqamli texnologiyalar va moliyaviy vositalarni ilgari surish Rossiya va O‘zbekiston kompaniyalarining iqtisodiy hamkorligiga yangi turtki berishini qayd etdi. 

Imzolangan hujjatga muvofiq, tomonlar moliyalashtirish mexanizmlarini belgilash, investitsiya loyihalari tizimini ishlab chiqish, qo‘shma ishlab chiqarish hamda xom ashyo va tayyor mahsulot yetkazib berish shakllarini yaratish borasida o‘zaro hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda. 

Shuningdek, mazkur hujjat hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni kelishish, ikki mamlakat to‘qimachilik sanoatini moliyalashtirishning mumkin bo‘lgan mexanizmlarini shakllantirishga ham ko‘maklashadi.

Mavzuga oid

“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” mul...

"Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" multimodal transport yo‘lagi bo‘ylab elektrotexnika m...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Um...

Seulda Janubiy koreyalik yirik biznes va...

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari S.Umurzoqov rahbarligidagi hukumat delegatsiyasining K...

So`nggi yangiliklar