20/May/2022 Madaniyat
MOSKVA, 20-may. /“Dunyo” AA/. Kecha P.I.Chaykovskiy nomidagi Moskva Davlat konservatoriyasining katta zalida jahon kamer orkestrlari festivali bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Konsertda Rossiya tomonining taklifiga binoan Moskvaga kelgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Anvar Raimjonov rahbarligidagi «O‘zbekiston solistlari» kamer orkestrining 23 nafar sozandasi ishtirok etdi.
O‘zbek musiqachilari festival uchun maxsus yozilgan asarlarni, shu jumladan, taniqli bastakorlarning asarlarini ijro etishdi.