02/Iyul/2022 Jamiyat
KISHINYOV, 2-iyul. /“Dunyo” AA/. Moldovada yashayotgan vatandoshimiz Salimjon Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan yurtdoshlarimizga o‘z qutlovini yo‘lladi, deb xabar “Dunyo” AA muxbiri.
-Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgidir. Davlat ramzlari hamisha ulug‘ va muqaddas sanaladi. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan yorqin timsoldir.
Mamlakatimizning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasidir.
Ushbu ramzlardan biri - Davlat gerbi bo‘lib, u davlatimizning siyosiy, milliy, xo‘jalik, jug‘rofiy, etnik va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini hamda boy tarixiy anʼanalarini o‘zida mujassamlashtirgan.
Xalqimizda bir naql bor «Musofir bo‘lmaguncha musulmon bo‘lmaysan!». Yoshligimda men uchun erish tuyilgan ushbu so‘zlarni Moldova davlatiga taqdir taqazosi bilan yashash uchun kelganimdan so‘ng angladim.
Aytib o‘tish joizki, horijda O‘zbekiston ramzlarini ko‘rgan har bir yurtdoshimizning qalbidagi yashirin tuyg‘u junbushga keladi vatanparvarlik hissi kuchayadi.
Vatanimdan olisda bo‘lishimga qaramay, yurtimizda kechayotgan islohotlar natijasini diqqat bilan kuzatib kelaman.
Barcha yurtdoshlarimizni davlatimiz Gerbi kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!