Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Iyun/2022   Dolzarb

Misrdan tranzit orqali parvoz qilmoqchi bo‘lgan fuqarolar diqqatiga

 


QOHIRA, 29-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi maʼlumotiga ko‘ra, joriy yil 28 iyun kuni vatandoshlarimiz elchixonaga murojaat qilib, Yamandan qaytayotgan o‘zbekistonliklar mahalliy aeroportda mushkul vaziyatga tushib qolgani haqida xabar bergan.

Maʼlum qilinishicha, Yamandan qaytayotgan bir guruh o‘zbekistonlik shifokorlar Misrga kirish vizasiga ega bo‘lmay turib, Qohira, so‘ngra Sharm ash-Shayx orqali Toshkentga borishni rejalashtirgan edi.  

Lekin Misr chegara xizmati vakillari haqli ravishda vizaga ega bo‘lmagan shaxslarni mamlakat ichki reyslariga tranzit orqali (aeroportdan shaharga chiqib, ichki parvozlar terminaliga) o‘tishga ruxsat bermagan va ortga, yaʼni Sano shahriga deport qilish choralarini ko‘ra boshlagan.

Xorijda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari manfaatlarini himoya qilishi maqsadida, elchixona xodimlari Qohira xalqaro aeroportiga darhol yetib borib, uzoq davom etgan maqsadli muzokaralar natijasida vatandoshlarimizga istisno tariqasida qisqa muddatli viza olishga erishildi.

Mazkur yurtdoshlarimiz O‘zbekiston rahbariyatining chet eldagi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir topshiriqlari amalda bajarilayotganidan mamnun bo‘lib, chin dildan minnatdorlik bildirdi.

Shu o‘rinda, elchixona chet elda bo‘lib turgan yurtdoshlarimizni xorijiy mamlakat o‘rnatgan ichki tartib-qoidalarini hurmat qilishga chaqiradi va O‘zbekiston fuqarolari uchun Misr hududiga kirish tegishli viza asosida amalga oshirilishini eslatib o‘tadi.

Mavzuga oid

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari b...

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash kotibiyati ijrochi direktori Kayra...

«Made in Uzbekistan Textile» O‘zbekiston...

Bugun «Made in Uzbekistan Textile» onlayn biznes-forumi o‘z ishini boshladi

Tojikistonning Janubiy Koreyadagi elchis...

Tojikistonning Koreya Respublikasidagi elchisi Yusuf Toir Sharifzoda navbatdagi oliy daraj...

So`nggi yangiliklar