Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Dekabr/2021   Dolzarb

Misrdan munosabat: O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga davlat tashrifining ko‘lami va ko‘zlangan maqsadlari ikki qardosh xalq o‘rtasidagi uzoq muddatga mo‘ljallangan do‘stlik va ishonchli sheriklikka mustahkam zamin yaratdi


QOHIRA, 7 dekabr. /“Dunyo” AA/. Misrlik siyosatshunos, Markaziy Osiyo buyicha mutaxassis Ahmad Tarabek O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5-6 dekabr kunlari Qozog‘istonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha “Dunyo” AAga o‘z fikr-mulohazalarini izhor qildi:

– O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifi va Prezident Qosim-Jomart Toqayev bilan o‘tkazgan muzokaralarini Misr siyosiy tahlilchilari katta qiziqish bilan kuzatdi.

Markaziy Osiyoning ushbu ikki davlati nafaqat mintaqa xalqlari farovonligi va iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi, balki qo‘shni mamlakatlar xavfsizligini taʼminlashda ham muhim rol o‘ynaydi.

Mazkur tashrifning ko‘lami va ko‘zlangan maqsadlari ikki qardosh xalq o‘rtasidagi uzoq muddatga mo‘ljallangan do‘stlik va ishonchli sheriklikka mustahkam zamin yaratdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek, O‘zbekiston va Qozog‘iston – tabiiy iqtisodiy hamkorlardir. Mamlakatlar iqtisodiyoti bir-birini to‘ldiradi. Mazkur davlat tashrifi natijalari esa qo‘shma korxonalar soni va o‘zaro savdo hajmi oshishiga kuchli turtki beradi.

Meni o‘ziga tortgan jihat shu bo‘ldiki, darhaqiqat O‘zbekiston rahbariyatining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi tashqi siyosati mintaqada xavfsizlikning mustahkamlanishi va chegaralararo savdo faollashishiga olib keldi. Joriy yilda tovar ayirboshlash rekord daraja – 4 milliard dollarni tashkil etmoqda, kelgusi yili 5 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Ikki mamlakatda o‘zaro savdo hajmini 10 milliard dollarga oshirishga barcha imkoniyat va eng asosiysi – kuchli siyosiy iroda mavjud.

Davlat rahbarlari tomonidan ko‘rilayotgan choralar natijasida, avtomobil va temir yo‘llari orqali yuk tashish hajmi oshdi, aviaqatnovlar to‘liq qayta tiklandi, yetakchi korxonalar kooperatsiyasi kengaymoqda. Keyingi yillarda iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida qo‘shma korxona va loyihalar soni 6 barobarga oshdi. Tashrif arafasida esa Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, Hududlar forumi va qo‘shma biznes-forum muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ushbu tadbirlar natijasida jami 6 milliard dollarlik shartnomalar imzolandi.

Nur-Sulton shahrida buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy haykalini o‘rnatish, Qozog‘istonda O‘zbekiston kunlari, O‘zbekistonda Qozog‘iston kunlarini muntazam ravishda uyushtirish, kino va madaniyat haftaligini tashkillashtirish butun mintaqa xalqlari uchun o‘rnak bo‘ladigan namuna, deb hisoblayman.

Tarixdan bizga maʼlumki, yaqin qo‘shnichilik rishtalarini taʼminlash va o‘zaro ishonchni mustahkamlash uzoq muddatli davrda xalqlar farovonligi hamda mamlakat barqarorligining kafolatidir.

Mavzuga oid

Ispaniyadan munosabat: O‘zbekiston va Ja...

Ispaniya siyosiy, ekspert-tahliliy, ilmiy-akademik doiralari vakillari “Dunyo” axborot age...

«Qo‘yliq – Qipchoq – Yangi hayot» metro ...

Bugungi kunda Toshkent halqa yer usti metro yo‘li qurilishi loyihasi doirasida “Qo‘yliq – ...

Ohangaron tumanini kompleks rivojlantiri...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning joriy yil 7 dekabrdagi qarori bilan 2021-2022 yilla...

So`nggi yangiliklar