02/Iyul/2022 Konstitutsiyaviy islohotlar
QOHIRA, 2-iyul. /“Dunyo” AA/. Misrning «Ruz al-Yusuf» gazetasi bosh muharriri Isomiddin Abdulgavvod O‘zbekistonda umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan yangi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
-Mamlakat Bosh qomusini isloh qilish O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichga o‘tishi uchun muhim qadam deb hisoblayman, - dedi u. - Ushbu o‘zgarishlar xalq turmush tarzining barcha jabhalarini qamrab olayotgani islohotlar naqadar dolzarbligini ko‘rsatib bermoqda.
O‘zbekiston rahbariyati yoshlar, ayollar va bolalar huquqlariga alohida eʼtibor qaratayotgani mening eʼtiborimni tortdi. Ularni ijtimoiy qo‘llab kuvvatlash bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, davlat tomonidan xususiy mulk huquqini himoya qilinishi, tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlanishi mamlakat rivojida muhim o‘rin tutadi. Shu sababli ushbu o‘zgartishlarni Konstitutsiyaga kiritilishi xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ilg‘or iqtisodiyot tamoyillarni tadbiq etishga ishonchli poydevor qo‘yadi.
Prezident tomonidan Konstitutsion islohotlar muhokamasi chog‘ida tashqi siyosat konsepsiyasiga ham urg‘u berildi. Darhaqiqat, so‘nggi yillarda O‘zbekistonning mintaqadagi o‘rni kengayib bormoqda, jahon hamjamiyatida uning mavqei sezilarli oshdi. Bu esa joriy xalqaro siyosiy vaziyatga to‘g‘ri baho berish, tashqi tahdidlarga samarali choralar ko‘rish uchun mustahkam huquqiy baza talab etadi.
Misrda O‘zbekiston buyuk tarixga ega davlat sifatida baholanadi. Xalqlarimiz ko‘p asrlar davomida yaqin hamkorlik qilib kelgan. Ushbu muhim siyosiy islohotlarni samarali o‘tkazish va ilg‘or davlat barpo etishda muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Ishonchim komil, dono va fidoyi o‘zbek xalqi hamjihatlik va ahillikda bildirgan barcha taklif-mulohazalarni atroflicha o‘rganib, o‘zining porloq kelajagi uchun tegishli qaror qabul qiladi.