Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Iyul/2022   Sanalar

O‘mondagi vatandosh: O‘zbekiston Davlat gerbi - tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimiz ifodasi

 MASKAT, 2 iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Davlat gerbi qabul qilinganining 30 yilligini munosabati bilan mamlakatimizning O‘mondagi elchixonasida «Olamni mahliyo aylagan diyor» shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda O‘monda istiqomat qilayotgan vatandoshlar, o‘zbek diasporasi vakillari ishtirok etdi.

Ishtirokchilarga davlatimiz gerbining tarixi, qonuniy asoslari, yurtimiz mustaqilligini ifoda etishda tutgan o‘rni va unda aks etgan timsollar haqida so‘zlab berildi.

O‘mondagi o‘zbek diasporasi vakili Shahodat To‘rayeva mamlakatimiz ramzi har bir o‘zbekning faxri-g‘ururi ekanini taʼkidladi.

- Davlatimiz gerbi xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etgan, - dedi u. - Ushbu muqaddas ramz tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimizni ham ifodalaydi. Gerbimizda aks ettirilgan tasvirlar yurtimiz tarixi, uning hududida yashovchi turli millat va elatlarning anʼanalarini o‘zida mujassam etgan.

Tadbir davomida, shuningdek, vatandoshlar bilan mamlakatimizda amalga oshirlayotgan konstitutsiyaviy islohotlar haqida ham fikr almashildi. Jumladan, o‘zbek diasporasi faoli Isroil Majidov bugungi kunda Asosiy qonunimizni takomillashtirish bo‘yicha g‘oyatda masʼuliyatli bosqichga qadam qo‘yilganini taʼkidladi.

- Ishonchim komilki, xalqimiz istagi va idroki bilan amalga oshirilayotgan ushbu o‘zgartirishlar yurtimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qiladi, - dedi Isroil Majidov. – Fursatdan foydanib, barcha vatandoshlarimizni  O‘zbekiston Davlat gerbi qabul qilinganining 30 yilligi bilan tabriklayman.

Mavzuga oid

Janubiy Koreyada yoshlar ishtirokida «Da...

2 iyul – O‘zbekistonning Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan yurtimizning Seu...

Davlat xizmatlari agentligi 3 yoshda: ah...

Davlat xizmatlari agentligi 3 yoshda: aholi yengillik sezdimi?

O‘zbekiston Yoshlari kuni Bursada keng ...

Mamlakatimizning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi tomonidan O‘zbekistonning Bursadagi faxri...

So`nggi yangiliklar