Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Iyul/2022   Vatandoshlarimiz

Misrdagi vatandoshlar bilan onlayn-muloqot o‘tkazildi

QOHIRA, 2-iyul. /“Dunyo” AA/.  O‘zbekistonning Qohira shahridagi elchixonasi tomonidan “Vatandoshlar” jamoat fondi va Tashqi ishlar vazirligi vakillarining Misrdagi yurtdoshlarimiz bilan onlayn-muloqoti tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda “Vatandoshlar” jamoat fondi vakillari tomonidan xorijda istiqomat qilayotgan fuqarolarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Suhbat chog‘ida mamlakatimizda keng muhokama qilinayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan ham fikr almashildi. Ushbu muhim jarayonda chet elda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz ham faol ishtirok etayotgani qayd etildi.

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonuni loyihasining 22-moddasiga muvofiq davlat xorijda yashayotgan fuqarolar va vatandoshlar bilan aloqalarning saqlanib qolishi hamda rivojlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi to‘g‘risida alohida band kiritilayotgani onlayn-muloqot ishtirokchilari tomonidan iliq kutib olindi.

Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda Misrdagi yurtdoshlarimiz o‘zlarining takliflarini ham ilgari surdi. Xususan, vatandoshlarimiz xorijda bo‘lib turgan yoshlar uchun badiiy adabiyotlar taqdim etish, Qohirada mamlakatimiz milliy bayramlarini o‘zbekistonlik taniqli sanʼatkorlar ishtirokida kengroq nishonlashga qiziqish bildirdi.

Mavzuga oid

Dubayda vatandoshlarimiz ishtirokida onl...

Mamlakatimizning Dubay shahridagi Bosh konsulxonasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligin...

Novosibirsk oliy taʼlim muassasasida tah...

Mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasida Novosibirsk oliy taʼlim muassa...

O‘zbekiston elchixonasi Rossiyada tahsil...

O‘zbekiston elchixonasi o‘zining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida Rossiya oliy ta’lim ...

So`nggi yangiliklar