Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/May/2022   TIV yangiliklari

Misr sanoatchilar assotsiatsiyasida O‘zbekistonning iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm salohiyati taqdimoti o‘tkazildi

QOHIRA, 26 may. /“Dunyo” AA/. Bugun Misr sanoatchilar assotsiatsiyasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov tomonidan mamlakatimizning iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm salohiyati taqdimoti o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbir davomida Misr ishbilarmon doiralarining 30 dan ortiq nufuzli vakillari ishtirok etdi.

Taqdimot ishtirokchilariga O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan mustahkam huquqiy baza, xususan, soliq va boj imtiyozlari, mavjud erkin iqtisodiy zonalar hamda istiqbolli loyihalarga sarmoya kiritishda beriladigan boshqa imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Tadbir ishtirokchilari ikki davlat ishbilarmonlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsion sohalardagi aloqalarni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston-Misr ishbilarmonlar kengashini tashkil etishni taklif qildi.

Misr sanoatchilar assotsiatsiyasi ijroiya direktori Xolid Abdulazim so‘zlariga ko‘ra, 2022 yil 2-4 mart kunlari Qohira shahrida o‘tkazilgan “Cairo Fashion & Tex” va “Inter Leather” xalqaro ko‘rgazmalarida mamlakatimizning 20 tadan ortiq to‘qimachilik va charm sanoati korxonalari “Made in Uzbekistan” brendi ostida o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etgani hamda G2B va V2B shakllaridagi uchrashuvlar natijasida misrlik ishbilarmonlar orasida o‘zbek mahsulotlariga bo‘lgan qiziqish sezilarli oshmoqda.

 

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni o‘rnatish va qo‘shma iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston va Misr ishbilarmon doiralari delegatsiyalarining o‘zaro tashriflarini tashkil etish, ularning xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etishini taʼminlash, biznes-forumlar va kooperatsion birjalarni muntazam o‘tkazib borishga kelishildi.

Mavzuga oid

25 dekabrdan boshlab aeroportlar, temir ...

Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasiga koro...

O‘zbekiston va Tojikiston TIV yuridik xi...

O‘zbekiston va Tojikiston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi Hamkorlik dasturi doiras...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Ruminiy...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ruminiya elchisi etib tayinlangan Daniy...

So`nggi yangiliklar