Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Yanvar/2023   O’zbekiston dunyo nigohida

Misr axborot agentligi O‘zbekistonning kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlari haqida

QOHIRA, 30-yanvar. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Misrdagi elchixonasi tomonidan O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga oid maʼlumotlarni Misr jamoatchiligiga yetkazish, ularni mahalliy ommaviy axborot vositalari sahifalarida yoritish asnosida atroflicha targ‘ib etish doirasida tizimli ishlar olib borilayotir, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Mamlakatda faoliyat ko‘rsatadigan  “Al-Xabar al-Yaum” axborot agentligi veb-sahifasida jurnalist Fotima Badaviy qalamiga mansub “O‘zbekiston Prezidenti: 2023 yilda oilaviy tadbirkorlikka 12 trillion so‘m yo‘naltiriladi” sarlavhali maqola eʼlon qilindi.

Unda mamlakatimiz rahbari raisligida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishning tafsilotlari qalamga olingan.

Maqolada 2022 yili O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 17 foizdan 14 foizga tushgani, 1 million aholi kasb-hunarga o‘qitilib, ish boshlashiga ko‘maklashilgani natijasida kambag‘allikdan olib chiqilgani maʼlum qilinar ekan, shu davrda 200 mingga yaqin tadbirkorlik subyekti tashkil qilinib, 10 mingta korxonaning faoliyati kengaytirilgani holda 11 mingta korxonaning quvvati tiklangani qayd etilgan.

Shuningdek, ayrim hududlarda sustkashliklar ham borligi, masalan, mamlakatning Navoiy, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida kambag‘allikni qisqartirish ko‘rsatkichi nisbatan ortda qolgani hamda bir qator tuman va shaharlarda bandlik dasturi imkoniyatlar darajasida belgilanmagani ham qalamga olingan.

Maqolada mamlakatimiz Prezidentining “Kambag‘allikni qisqartirishning asosiy omili bu – aholini daromadli ish bilan taʼminlash. Shuning uchun maʼmuriy islohotlar doirasida kambag‘allikni qisqartirishga masʼul 5 ta idora yaxlit tizimga aylantirildi. Yangi vazirlikka barcha tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar berildi. Endi mehnat resurslari va ishsizlik hisobini yuritish ham, bandlikka ko‘maklashish va tadbirkorlikni mahallabay rivojlantirish ham bitta vazirlikda bo‘ladi», deb aytgan fikrlaridan iqtibos keltirilgan.  

“Avvalo, oilaviy tadbirkorlikka yana-da turtki berish maqsadida moliyaviy ko‘mak ko‘lami kengaytirilishi taʼkidlandi. 2022 yilda bu maqsadga qariyb 10 trillion so‘m imtiyozli kreditlar ajratilgan edi. Joriy yilda O‘zbekistonda oilaviy tadbirkorlik dasturi uchun 12 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Bunday kreditlarning eng yuqori miqdori ham oshiriladi”, deb yozadi “Al-Xabar al-Yaum” axborot agentligi.

Mavzuga oid

Turkiya OAV O‘zbekistonda ichki ishlar o...

Turkiya ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston Prezidentining qarori mazmun-mohiyatiga b...

Germaniya OAV O‘zbekistondagi ochiqlik v...

Germaniyaning yetakchi axborot agentligi - «Deutsche Presse-Agentur» (DPA) portali hamda b...

O‘zbekistonning to‘qimachilik va tikuvch...

Germaniya tashqi savdo va investitsiyalar bo‘yicha agentligi («Germany Trade & Invest»/GTA...

So`nggi yangiliklar