Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Oktabr/2021   Saylov - 2021

MDH PA xalqaro kuzatuvchisi: Bugungi tajribaning eng yoqimli taassurotlaridan biri - yoshlarning yuqori faolligi bo‘ldi


RIM, 26-oktabr. /«Dunyo» AA/. «Planet 360 info»  (Italiya) xalqaro axborot portali asoschisi va bosh muharriri, MDH Parlamentlararo assambleyasi kuzatuvchisi Yelena Buldakova  mamlakatimizning Rimdagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan saylov uchastkasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Prezidenti saylovi natijalarini izohladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

- O‘zbekistonning Rimdagi elchixonasi juda gavjum bo‘ldi. Bu yerda mamlakat Prezidenti saylovida ovoz berish uchun Italiyaning turli mintaqalaridan O‘zbekiston fuqarolari kelganini ko‘rish mumkin edi.

Men MDH PA xalqaro kuzatuvchisi  missiyasini amalga oshirdim.

16-saylov uchastkasi faoliyati yuqori darajada tashkil etildi. 

Saylovchilarning o‘zlarini qulay his qilishi uchun barcha jihatlar hisobga olingan. Saylov uchastkasiga yo‘nalish belgilari, nomzodlar va ularning dasturlari haqidagi axborot bannerlari,  imkoniyati cheklangan fuqarolarning saylov huquqini ta’minlash, profilaktika choralari ko‘rish shular jumlasidandir. Va eng qimmatli narsa - har bir saylovchiga samimiy munosabatda bo‘lindi.

Men ushbu jarayon qanday mas’uliyatli va murakkab ish ekanini tasavvur qilaman. Chunki saylov jarayonlarida ishtirok etish bo‘yicha katta tajriba to‘plaganman. Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi parlament saylovlarida kuzatuvchi,  Qirg‘izistonda jurnalist, axborot bo‘limi boshlig‘i va MSK a’zosi sifatida saylov kampaniyalarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lganman.

Bugungi kuzatuvlarimning eng yoqimli taassurotlaridan biri - bu yoshlarning saylov jarayonida faol qatnashayotganidir. Odatda, saylov tajribasi yoshga qarab ortib boradi, deyishadi. Lekin bugungi yoshlarning tashkilotchiligini ko‘rib, stereotiplar o‘zgarayotganiga guvoh bo‘ldim.

Elchixonada o‘tkazgan bir necha soat davomida ko‘z oldimda «Yosh saylovchilar kuni» deb nomlangan surat paydo bo‘ldi. 

20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar vakillari (asosan, Italiya universitetlarining talabalari va aspirantlari) o‘z mamlakatlarining jamoat va siyosiy hayotida ishtirok etish muhimligini tushunishini amalda ko‘rsatdi. Ularning aksariyati o‘qishdan so‘ng ona Vatanga qaytib, uning taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish niyatida ekanini bildirdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniya...

O‘mon Sultonligining «Asdaa Oman» gazetasida «Saylovoldi tayyorgarlik ishlari yakunlangach...

O‘zbekiston fuqarolari o‘z kelajagi va m...

Bugun mahalliy vaqt bilan soat 8.00da O‘zbekiston Prezidenti saylovida ovoz berish jarayo...

Turkiyadan munosabat: xalqaro tashkilotl...

Turkiyadagi «SASAM» strategik tadqiqotlar markazining rasmiy veb-sahifasida “Saylovlarga h...

So`nggi yangiliklar