Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Oktabr/2021   Siyosat

MDH Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi Bishkekda bo‘lib o‘tadi


TOSHKЕNT, 27-oktabr. /«Dunyo» AA/. MDH davlatlarining Hamdo‘stlik ustavli va boshqa organlari huzuridagi Doimiy muxtor vakillari kengashi kecha 12 noyabr kuni Bishkekda o‘tkazilishi rejalashtirilgan MDH Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Bishkekka bo‘lib qaytgan Ijroiya qo‘mita delegatsiyasi mezbon davlatning MDH Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishini o‘tkazishga har tomonlama tayyorligini ma’lum qildi. Qirg‘iziston vakillari bilan imzolangan protokolda tashkiliy va protokol masalalarini hal qilish tartibi, epidemiologik xavfsizlik rejimini ta’minlash choralari belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, MDH Davlat rahbarlari kengashining 15 oktabr kuni videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida 10 ta hujjat imzolangan edi. 2022 yil Hamdo‘stlikka raislik Qozog‘istonga berilgan.

Mavzuga oid

O'zLiDep partiyasining majlisi bo‘lib o‘...

Joriy yilning 18 yanvar' kuni Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - ...

Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-hu...

O‘zbekiston Respublikasida COVID-19 koronavirusi keng tarqalishining oldini olish bo‘yicha...

O‘zbekiston Prezidentining maslahatchisi...

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov O‘zbekiston Respublikasi Prezide...

So`nggi yangiliklar