Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/May/2020   Sayyohlik

Mashhur “France 5” telekanalida O‘zbekiston haqida ko‘rsatuv namoyish etildi

TOSHKENT, 9 may. /“Dunyo” AA/. Fransiyaning “France 5” telekanalida O‘zbekiston haqidagi ko‘rsatuv efirga uzatildi va u 1 milliondan ziyod tomoshabin tomonidan ko‘rildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manbasiga asoslanib.


“Echappees Belles” teledasturida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Nukus hamda Mo‘ynoq kabi shaharlarining o‘ziga xos madaniyati, urf-odatlari, tabiati, mahalliy aholining turmush tarzi haqida so‘z yuritilgan. Dastur boshlovchisi Sofi Joviyyar Toshkent shahridagi Chorsu bozori binosi, Samarqanddagi Registon maydoni, Buxorodagi Poyi Kalon kompleksi, Xivadagi Ichan-qalʼa, Nukusdagi Saviskiy muzeyi kabi ko‘plab joylarda bo‘lib, bu yerlarning o‘ziga xos meʼmorchiligi bo‘yicha tomoshabinlarga to‘liq maʼlumot berishga harakat qiladi.

Fransiya telekanalida efirga uzatilgan ko‘rsatuvning yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, unda O‘zbekiston aynan milliy urf-odatlar va anʼanalar, shuningdek hunarmandchilik orqali go‘zal tarzda ochib beriladi.

Shuningdek, ko‘rsatuvda o‘zbek xalqining mehmondo‘stligiga alohida eʼtibor qaratilgan.

— Bu yurtdan olgan taassurotlarimni boshqa yerda his qilmaganman, O‘zbekistonga sayohatim unutilmas bo‘ldi. O‘zbek xalqida mehmondo‘stlik degan fazilat mavjud, bu orqali ular qayerdan bo‘lishingizdan qatʼiy nazar,  sizni doim yaxshi kayfiyat va iliqlik bilan qarshi oladi, — deydi ko‘rsatuv muallifi.

Mavzuga oid

Tarixiy Xiva shahrining go‘zalligi Ukrai...

Tarixiy Xiva shahrining go‘zalligi Ukraina elchisini maftun etdi.

Germaniya telekanalida O‘zbekiston turiz...

Germaniya telekanalida O‘zbekiston turizm salohiyati haqida maxsus film namoyish etildi

O‘zbekistonning diqqatga sazovor sayyohl...

Bokuda Ozarbayjon turizm- blogerlari uyushmasi vakillari uchun O‘zbekistonning sayyohlik s...

So`nggi yangiliklar