Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Sentabr/2020   Tahlil

Markaziy va Janubiy Osiyolik mutaxassislar mazkur mintaqadagi o‘zaro aloqa masalalarini muhokama qilishdi

TAShKENT, 11-Sentabr. / “Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalaro tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidan 9-sentabr kuni Xitoy, Pokiston, Afg‘oniston, Eron, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning etakchi ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlari va ekspertlari ishtirokida «Xitoy-Pokiston iqtisodiy yo‘lagi va Markaziy Osiyo: o‘zaro aloqalarning rivojlanayotgan imkoniyatlari» mavzuida xalqaro videokonferensiya o‘tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.



Strategik va mintaqalaro tadqiqotlar instituti xabariga ko‘ra, onlayn muloqotda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasida yuzaga kelgan vaziyat, Xitoyning “Bir kamar, bir yo‘l”, “Xitoy-Pokiston iqtisodiy yo‘lagi” va mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani mustahkamlashga qaratilgan boshqa loyihalari xususida fikr almashildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalaro tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i Sa’dullo Rasulov o‘z chiqishida Toshkentning Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari o‘rtasida barqaror strategik kommunikatsiyalar tarmog‘ini shaklantirishga qaratilgan energetika va transport-logististika loyihalarini amalga oshirishdan manfaatdorligini qayd etdi.

Shu munosabat bilan S.Rasulov O‘zbekiston Markaziy Osiyoda o‘zaro aloqani kuchaytirishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surganini eslatib o‘tdi. “O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy” temir yo‘l qurilishi loyihasi shular jumlasidandir. Ushbu loyiha mintaqaning transport salohiyatini ro‘yobga chiqarish va “Xitoy-Markaziy Osiyo-G‘arbiy Osiyo”iqtisodiy yo‘lagini shakllantirishga qaratilgan.

Ushbu yo‘lning ahamiyati shundaki, u Xitoyda Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga boradigan eng qisqa yo‘ldir. Uning mavjud yo‘nalishlardan farqi, bu yo‘lda masofa 900 km ga, yuklarni tashish vaqti esa, 7-8 kunga qisqaradi.

Shuningdek, O‘zbekiston Markaziy Osiyoni Afg‘oniston orqali Yaqin Sharq orqali eng qisqa yo‘l orqali bog‘laydigan, Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlarining MDH va Yevropa bozorlariga chiqish imkonini beradigan qator loyihalarni ham taklif etmoqda.

Ularning birinchisi, Pokistonning Gvadar va Karachi portlariga chiqish imkonini beradigan “Mozori-Sharif – Qobul – Peshevor” temir yo‘l qurilishi. Ikkinchisi, Eronning Chobaxor portiga chiqish imkonini beradiga “Mozori-Sharif – Hirot - Qandahor” temir yo‘lining yotqizilishi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalaro tadqiqotlar instituti eksperti O‘zbekiston faqat transport yo‘laklarini yotqizish bilan cheklanmasdan, TAPI, CASA-1000 va LEP-500 Surxon–Puli-Xumri singari energetika loyihalarining amalga oshirilishini ham qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi.

Uning fikricha, transport kommunikatsiyalari va yagona energetika infratuzilmasi yangi ish o‘rinlarini yaratadi, savdo va taraqqiyotni rag‘batlantiradi, shu orqali Afg‘onistondagi inqirozni siyosiy tartibga solish jarayoniga zarur ijtimoiy-iqtisodiy bazani yaratadi.

Bundan tashqari, mintaqani iqtisodiy rivojlantirish dasturlari mintaqa mamlakatlarining Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlikka erishish zarurligin to‘g‘risidagi konsensusni shakllantirishda ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Onlayn-munozaraning boshqa ishtirokchilari ham bu fikrni ma’qulladilar. Islom hamkorlik tashkilotining Afg‘onistondagi doimiy vakili Xussayn Bоtsanining qayd etishicha, bugungi kunda Afg‘oniston inqirozi Markaziy va Janubiy Osiyoda o‘zaro aloqaning mustahkamlanishiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy to‘siqlardan biridir. Ayni damda, u O‘zbekistonning Afg‘onistonni transport va energetika loyihalarini amalga oshirish orqali Markaziy Osiyodagi savdo-iqtisodiy aloqalarga jalb qilishga qaratilgan sa’y-harakatlariga yuksak baho berdi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘oniston hukumati XXR va PIR bilan “Xitoy-Pokiston iqtisodiy yo‘lagi” loyihasi doirasidagi muzokaralarni faollashtirdi. Shuningdek, Qobul ham “Bir kamar, bir yo‘l”loyihasi doirasida va ikki tomonlamala formatlarda Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorligini bildirdi.

X.Bоtsanining fikricha, Afg‘onistonni Markaziy va Janubiy Osiyodagi mintaqaviy jarayonlarga yanada faol jalb qilish bu mamlakatda uzoq muddatli barqarorlikning saqlanishiga xizmat qiladi.

O‘z navbatida, XXR ning Fudan universiteti Janubiy Osiyo tadqiqotlar markazi direktori Lin Minving Xitoy o‘z taraqqiyot yo‘lida katta yutuqlarga erishgani va qo‘shni mamlakatlarga har tomonlama yordam berishga tayyor ekanini bildirdi. “Bir kamar, bir yo‘l” loyihasining muhim maqsadlaridan biri – mintaqada XXR atrofida o‘zaro aloqani mustahkamlashdir.

Xitoy ekspertining fikricha, bu nafaqat Xitoy, balki shuningdek, barcha eng yaqin mamlakatlarning ham xavfsizligi va barqaror taraqqiyotini ta’minlash imkonini beradi. Laxor tadqiqotlar markazi raisi Shamshad Axmed Xonning fikricha, “Xitoy-Pokiston iqtisodiy yo‘lagi” loyihasi hamkorlikdagi rivojlanish va iqtisodiy farovonlik uchun ajoyib imkoniyatlarni taqdim etadi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunga qadar XXR va PIR ushbu yo‘lak qurilishi doirasida 30 dan ziyod loyihalarni amalga oshirishdi.

Ayni paytda 2 ta sanoat parkini qurish va boshqa yirik infratuzilma loyihalarini tugatish ishlari amalga oshirilmoqda. Xitoy-Pokiston iqtisodiy yo‘lagi” loyihasi dunyo miqyosida Xitoy bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Bir kamar, bir yo‘l” loyihasi doirasida 60 ta yirik loyihalardan biridir. Islomobod va Pekin bu yo‘lakni Janubiy va Markaziy Osiyoda o‘zaro aloqani mustahkamlashga qaratilgan muhim loyiha deb qarashmoqda.

Qirg‘izistonning Pokistondagi elchisi Erik Beyshembiyev Markaziy Osiyodan Irkeshtom va Torugart chegara punktlari orqali Xitoyga va undan Pokistonga eng qisqa avtomobil yo‘li mavjudiligini qayd etdi. Uning ma’lum qilishicha, Bishkek Pokiston-Xitoy-Qirg‘iziston-Qozog‘iston o‘rtasida tranzit transporti bo‘yicha to‘rt tomonlama kelishuvda samarali ishtirok etmoqda.

Biroq, diplomatning fikricha, rejalashtirilayotgan “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temiryo‘l loyihasi Pokiston va Xitoy transport yo‘llarining Qirg‘iziston orqali Markaziy Osiyo yo‘llari bilan tutashuvi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Ayni damda Eron Islom Respublikasining Yaqin Sharq va strategik tadqiqotlar instituti direktori Kayxan Barzigar Tehronning “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi loyihalari doirasida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligini ma’lum qildi.

Ekspertning fikricha, Xitoy bu hamkorlikka Tehronni yanada faol jalb qilishi va transmintaqaviy yo‘laklarni shakllantirishda Eronning geografik joylashuvidan foydalanmog‘i kerak.

Umuman, videokonferensiya Markaziy va Janubiy Osiyoda o‘zaro aloqa masalalarini tadqiq etishga qaratilga tadbirlar turkumining davomi bo‘ldi.

Vebinar Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari hamda Xitoyning o‘zaro aloqani yanada chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanliklarini namoyish etdi.
 

Mavzuga oid

Markaziy Osiyo davlatlari va «Valday» xa...

«Afg‘onistonda Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari imkoniyatlari» mavzusida onlayn-konfer...

Malayziyadan munosabat: O‘zbekiston mill...

Malayziyadan munosabat: O‘zbekiston milliy va mintaqaviy darajada transport infratuzilmasi...

SMTI: O‘zbekiston Afg‘oniston uchun ken...

O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzur...

So`nggi yangiliklar