Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Oktabr/2021   Saylov - 2021

Markaziy saylov komissiyasida MDH PA kuzatuvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


TOSHKЕNT, 22-oktabr. «Dunyo» AA/.  O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev kecha Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasi kuzatuvchilari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. 

Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda joriy yilgi Prezident saylovini o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, saylov komissiyalari a’zolarining saylov qonunchiligiga doir bilim va ko‘nikmalarini boyitish, saylov jarayoniga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yuzasidan olib borilayotgan sa’y-harakatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Qolaversa, ushbu siyosiy tadbirlarda yoshlarning faolligini oshirish, imkoniyati cheklangan fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Ta’kidlash joizki, ushbu tuzilma kuzatuvchilari MDH saylovlarni kuzatish missiyasi tarkibiga kiradi. Shu bilan birga, guruhning saylovlarni kuzatish bilan bog‘liq faoliyati MDH PAga a’zo davlatlarda demokratiya, parlamentarizmning rivojlanishi va fuqarolarning saylov huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish xalqaro instituti tomonidan muvofiqlashtiriladi. 

Shuningdek, uchrashuvda MDH PA kuzatuvchilari bu yilgi saylovlarning ochiq va shaffof hamda xalqaro normalarga muvofiq o‘tishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Mavzuga oid

Isroilda O‘zbekiston Respublikasi Prezid...

Mamlakatimizning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatning Netaniya, Xolon va Ramat-Gan sh...

O‘zbekistondagi saylovlar Latviya ommavi...

Latviyaning «Press.lv» yangiliklar portalida O‘zbekiston Prezidenti sayloviga bag‘ishlan...

Markaziy saylov komissiyasi: yana 411 na...

Bugun Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

So`nggi yangiliklar