Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Mart/2023   Konstitutsiyaviy islohotlar

Turkiyada O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlar mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

ANQARA, 27-mart. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi vakillari hamda Anqara inqiroz va siyosat tadqiqotlari markazi - “ANKASAM” eksperlari ishtirokida “O‘zbekistonda islohotlar va Yangilanajak Konstitutsiya” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbir avvalida O‘zbekistonning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek, mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, davlatning demokratik poydevorini mustahkamlash borasida erishilgan muvaffaqiyatlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar o‘rtoqlashildi.

So‘ngra Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha umumxalq muhokamalarida 222 715 ta taklif kelib tushganligi, takliflarning har to‘rttasidan bittasi loyihadan joy olgani, xususan, Asosiy  qonunning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilanishi to‘g‘risidagi axborotlar davra suhbati ishtirokchilarining eʼtiboriga havola qilindi.

Shuningdek, Konstitutsiyaning moddalari amaldagi 128 tadan
155 taga ko‘payib, normalari 275 tadan 434 taga oshishi, inson huquq va erkinliklariga oid qoidalar uch yarim baravarga ko‘payishi ham nazarda tutilgani qayd etildi.

Xususan, yangilanajak Konstitutsiyada mamlakatimizning suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qatʼiy belgilab qo‘yilgani, kuchli ijtimoiy himoya va muhtojlarga g‘amxo‘rlik – davlat siyosatining muhim yo‘nalishi ekanligi, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash – davlatning oliy majburiyati etib belgilangani, o‘qituvchilar maqomini yuksaltirish, yoshlar huquqlari Konstitutsiya himoyasi ostida bo‘lishi, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni rag‘batlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks choralar belgilanganligi, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari yana-da faol bo‘lishi uchun keng imkoniyat va kuchli himoya taqdim etilganiga alohida eʼtibor qaratildi.

“ANKASAM” direktori professor Mehmet Seyfettin Erol O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholar ekan, keng jamoatchilik fikri va takliflari asosida Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar va unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi tom maʼnoda buni “xalq Konstitutsiyasi”, deb aytish imkonini berishini taʼkidladi.

“Ishonchim komilki, oldinda turgan konstitutsiyaviy islohotlar mamlakatning ravnaqi va xalq farovonligi uchun mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi”, dedi u.

Mavzuga oid

Indoneziyadagi vatandosh: Konstitutsiyag...

O‘zbekiston Prezidentining Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvdagi nutqiga...

AQSHdagi vatandosh: Uzoq muddatli rivojl...

AQSHning “Morgan Stanley” investitsion banki moliya masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti O...

AQSHdagi vatandosh: Xorijdagi talabalar,...

Oybek Davronbekov, AQSHning Massachusets texnologiya instituti talabasi

So`nggi yangiliklar