Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Yanvar/2022   Sayyohlik

Mamlakatimizda sayyohlik jabhasi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi

TOSHKЕNT, 18-yanvar. /«Dunyo» AA/.  O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan  “Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi Farmonda 2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 yanvarga qadar turizm faoliyati sub’ektlari va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga charter reyslarini tashkil qilish bo‘yicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u respublika hududida kamida besh kecha tunab qolgan taqdirda, 10 AQSH dollari, qish mavsumida (20 noyabrdan 20 fevralgacha) esa 25 AQSH dollari miqdorida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 
Mazkur hujjatga muvofiq, 2022 yil 1 maydan boshlab yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Davlat budjetidan Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan har bir tashabbuskorga 50 mln so‘m miqdorida, jami 10 mlrd so‘mgacha grantlar ajratiladi.
 
Tashabbuskorlarga ajratiladigan grant mablag‘lari:
 
-onlayn to‘lovlarni qabul qiluvchi zamonaviy veb-sayt yaratishga, xorijiy mamlakatlardagi turizm ko‘rgazma va yarmarkalarida ishtirok etishga yo‘naltiriladi;
 
-grant mablag‘lari belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga uch yil davomida kamida 200 nafar xorijiy turistlar uchun tur tashkil qilish sharti bilan ajratiladi.
 
Ushbu Farmon bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritilgan.

Mavzuga oid

SHHTga a’zo davlatlar vakillari pandemiy...

SHHTga a’zo davlatlar vakillari ishtirokida «Madaniyat va turizmni integral rivojlantiris...

O‘zbekistondagi ko‘hna islom me’morchili...

Madaniy meros jamiyat asosini, xalqimizning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ma’naviy qad...

O‘zbekistonda ziyoratchilarni tashuvchi ...

O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida ziyoratchilarni tashuvchi xorijiy aviakompaniyalar havo...

So`nggi yangiliklar