27/May/2023 Iqtisodiyot
TOSHKЕNT, 27 may. /“Dunyo” AA/. Joriy yilning 1 may holatiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 581 244 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno) tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston statistika agentligi ma’lumotlarida qayd etilishicha,bu ko‘rsatkich 2019 yilning shu davri bilan solishtirilganda 1,9 barobarga oshgan. Ularning so‘nggi yillardagi o‘sish sur’ati quyidagicha:
2019 yilda – 311 625 ta
2020 yilda – 379 452 ta
2021 yilda – 465 787 ta
2022 yilda – 513 462 ta
2023 yilda – 581 244 ta