Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Mart/2023   Konstitutsiyaviy islohotlar

Mamlakatimiz Xitoyning Xunan provinsiyasida bo‘lib o‘tadigan "Ochiq hamkorlik, yashil va sog‘lom rivojlanish" mavzusidagi investitsiya forumi va savdo yarmarkasiga taklif qilindi

GUANCHJOU, 30-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Guanchjou shahridagi (Xitoy) Bosh konsulligi diplomatlari amaliy safar bilan Xunan provinsiyasida bo‘lishib, XXR Tijorat vazirligi va Xitoy xalqaro savdoni rag‘batlantirish markazi hududiy departamentining rahbarlari bilan savdo-iqtisodiy,  eksport, investitsiya va turizm sohalaridagi o‘zaro aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tijorat departamenti bosh direktori o‘rinbosari Guo Nin xonim bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlarning iqtisodiy va sanoat kooperatsiyasi sohasida katta imkoniyatlari borligini taʼkidladi.

O‘z navbatida, Bosh konsul mamlakatimizda muvaffaqiyatli biznesni boshlash va xorijiy investitsiyalar kiritish uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar, malakali ishchi kuchi, Markaziy Osiyo, Afg‘oniston bozorlariga chiqish uchun qulay transport infrastrukturasi va MDH mamlakatlari bozorlariga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan kirishda bojxona to‘lovlari olinmasligi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘rtoqlashdi.

Guo Nin tashrif va ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da kengaytirish bo‘yicha takliflar uchun mamlakatimiz Bosh konsulligiga minnatdorlik bildirar ekan, provinsiya savdo va iqtisodiyot yo‘nalishida katta imkoniyatlarga ega ekanligini aytdi. Maʼlum qilinganidek, provinsiyadagi mavjud 10 ta milliy iqtisodiy va texnologik rivojlanish hududlarida asosan asbob-uskuna va jihozlar ishlab chiqariladi. 2022 yil yakuni bo‘yicha provinsiyaning tashqi savdosi 705,8 mlrd. yuan (101 mlrd.doll), to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar esa 3,5 mlrd.dollarni tashkil etgani ham bildirildi.  

Guo Nin xonim Rivojlanish dasturiga asosan, joriy yil 20-23 oktyabr kunlari provinsiyada "Ochiq hamkorlik, yashil va sog‘lom rivojlanish" mavzusida yirik investitsiya forumi va savdo yarmarkasi bo‘lib o‘tishini maʼlum qilar ekan, O‘zbekiston tomonini ushbu tadbirda ishtirok etishga taklif qildi.

Xitoy xalqaro savdoni rag‘batlantirish markazining hududiy departamentida (CCPIT Hunan) bo‘lib o‘tgan uchrashuvda asosan tadbirkorlar va biznes vakillari ishtirokida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston vakili Xitoy tomoniga mamlakatimiz tadbirkorlari ishlab chiqarayotgan yuqori sifatli, ekologik toza mahsulotlarni Xunan provinsiyasi bozoriga yetkazib berish bo‘yicha takliflarni o‘rtoqlashdi.

CCPIT Hunan raisi o‘rinbosari Fu Danju o‘z tashkiloti o‘zbekistonlik tadbirkorlar va provinsiyaning biznes vakillari o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va kengaytirishga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va CCPIT Hunan o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, mamlakatimiz boy sayyohlik salohiyati bilan tanishtirish maqsadida Fu Danju va provinsiyaning ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekistonga taklif etildi. 

Mavzuga oid

O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotla...

Avstriyaning “APA-OTS” onlayn-nashri sahifasida “O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlar...

O‘zbekiston Oliy Majlisi va Isroil Kness...

Kecha mamlakatimizning Isroildagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Oliy Majlisi va Isroil...

Belgiyadan munosabat: Suv resurslarini t...

«Diplomatic World» tahlil markazining loyiha menejeri Alberto Turkstra o‘tgan hafta Nyu-Yo...

So`nggi yangiliklar