Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Dekabr/2021   Dolzarb

Malayziyalik ekspert: Ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi darajasini hisobga olsak, yaqin kelajakda O‘zbekiston va Qozog‘iston Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy manfaatlarini global miqyosda ilgari surishi mumkin


 KUALA-LUMPUR, 6 dekabr. /“Dunyo” AA/Malayya universiteti xalqaro va strategik tadqiqotlar kafedrasi mudiri Roy Entoni Rojers “Dunyo” axborot agentligiga bergan intervyusida O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga tashrifi yakunlari o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

– Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifi Toshkentning Markaziy Osiyo davlatlari bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha juda puxta o‘ylangan pragmatik strategiyasidan dalolat beradi.

O‘tgan besh yilda Markaziy Osiyo mintaqasida yangi siyosiy muhit vujudga keldi, davlatlararo hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik sheriklik munosabatlari mustahkamlandi.

Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar O‘zbekiston va Qozog‘iston bir-biriga yaqin tarix, madaniyat, anʼana va ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari bilan bog‘langan yaxshi qo‘shnilar, qardosh davlatlar ekanini yana bir bor namoyon etdi. Ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi darajasini hisobga olsak, yaqin kelajakda O‘zbekiston va Qozog‘iston Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy manfaatlarini birgalikda global miqyosda ilgari surishi mumkin.

O‘zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va transport-logistika munosabatlarini rivojlantirishga jadallik bag‘ishlashga qaratilgan “iqtisodiy diplomatiya” hamkorlik kun tartibida alohida ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonning ushbu tashqi strategiyasi samaradorligi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmining oshishida namoyon bo‘lmoqda. Xususan, joriy yilda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi qariyb 40 foizga o‘sdi va taʼkidlanganidek, yil oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 4 milliard dollarni tashkil etadi. Bu ikki tomonlama munosabatlarning butun tarixidagi rekord ko‘rsatkichdir.

Kimyo, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish, infratuzilmani modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi klasterlarini yaratish, avtomobil ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish orqali mamlakatlar savdo, sarmoyaviy, transport-kommunikatsiya, sanoat va kooperatsiya aloqalarini yana-da rivojlantirish va kengaytirish uchun katta imkoniyatlarga ega.

Prezident Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, O‘zbekiston va Qozog‘istonning geostrategik o‘rnini hisobga olgan holda transport-logistika sohasi ham o‘zaro hamkorlikning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Uchquduq – Qizilo‘rda temir yo‘lining qurilishi, shuningdek, Turkiston – Toshkent tezyurar qatnovining yo‘lga qo‘yilishi nafaqat tovar ayirboshlash hajmini oshirish, balki mamlakatlar o‘rtasidagi xalq diplomatiyasini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.

Mavzuga oid

Qirg‘izistonda sobiq prezidentga hukm e’...

Bishkek shahrining Pervomay tuman sudi Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambaye...

ITB 46-yillik forumi doirasida Bank guru...

ITB Boshqaruvchilar kengashining 46-yillik anjumani dasturi doirasida vazifalariga Yillik ...

Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi ...

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yashil taraqqiyot va barqaror ...

So`nggi yangiliklar