Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Avgust/2022   Dolzarb

Malayziyadan munosabat: Toshkent va Ar-Riyod ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da kengaytirish uchun yangi va keng imkoniyatlar eshiklarini ochmoqda

KUALA-LUMPUR, 18-avgust. /“Dunyo” AA/. Alpha Group» kompaniyasi ijrochi direktori, Malayziyadagi o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazma zalining hammuassisi Dalia Alkatiri O‘zbekiston Prezidentining Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha “Dunyo” axborot agentligiga quyidagi fikr-mulohazalarini bayon etdi:


- Prezident Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga birinchi davlat tashrifi Toshkent va Ar-Riyod o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da kengaytirish uchun yangi va keng imkoniyatlar eshiklarini ochishga xizmat qilishi shubhasiz.

Mushtarak qarashlar va intilishlarni namoyon etgan oliy darajadagi muzokaralarning yakunlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasida keng ko‘lamli sheriklik munosabatlarini yana-da kengaytirish to‘g‘risida qabul qilingan Qo‘shma bayonot buni yaqqol tasdiqlaydi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalar ko‘lamlarini kengaytirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish va savdo-sotiq tizimini diversifikatsiya qilish uchun ulkan salohiyatlarga ega ekanligini qayd etish lozim. O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha 14 milliard dollardan ziyod hajmda energetika, kimyo, elektrotexnika, infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, axborot texnologiyalari, transport kabi sohalarda imzolangan shartnomalar bunga yaqqol misoldir.

Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, O‘zbekistonda Saudiya Arabistoni fuqarolarining mamlakatga kirishi uchun vizasiz rejimning joriy etilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Aminmanki, O‘zbekiston rahbariyatining Saudiya Arabistoni Podshohligiga tashrifining yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo‘lida O‘zbekiston va Saudiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlar ko‘lamlarini yana-da kengaytirishga xizmat qiladi.

Mavzuga oid

Misrdan munosabat: SHHT boshqa mintaqavi...

Arab davlatlari ligasining Osiyo, Avstraliya va Osiyo-arab dunyosi davlatlari bilan hamkor...

Bosh konsulxona xodimlari Sankt-Peterbur...

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi xodimlari konsullik okrugida vaqtincha mehnat faoliyatini o...

Latviyadan munosabat: Davlat rahbarining...

Latviya Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti direktori Nina Linde “Dunyo” AA uchun int...

So`nggi yangiliklar