Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Oktabr/2021   Saylov - 2021

Malayziyada O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz jarayoni davom etmoqda


KUALA-LUMPUR, 18-oktabr. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Malayziyadagi elchixonasi huzuridagi 25-saylov uchastkasida vatandoshlarimiz muddatdan oldin ovoz berish jarayonida o‘zlari tanlagan nomzodni saylashda faollik ko‘rsatayapti, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.  

Malayziyada vaqtincha yashayotgan yoki ta’lim olayotgan, 24 oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun saylov uchastkasiga kelish imkoniyati bo‘lmagan yurtdoshlarimiz 14-20 oktabr kunlari muddatidan oldin ovoz berayapti.

Kuala-Lumpur shahrida joylashgan saylov uchastkasida vatandoshlarimizga muddatidan oldin ovoz berish uchun barcha sharoitlar hozirlandi. Jumladan, saylov Malayziyada pandemiya bilan bog‘liq  qabul qilingan cheklovlarga qat’iy rioya qilgan holda bo‘lib o‘tayapti.   

Muddatdan oldin ovoz berishga kelgan vatandoshlarimiz davlatimiz rahbarligi uchun kurashayotgan nomzodlarning dasturlari bilan tanishib, o‘zlari munosib bilgan da’vogarga ovoz berayapti.  Saylov jarayoni milliy saylov qonunchiligi, xususan, yangi qabul qilingan Saylov kodeksi va Markaziy saylov komissiyasi yo‘riqnomasi asosida  tashkil etilmoqda.

Mavzuga oid

Markaziy saylov komissiyasida MDH PA kuz...

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev kecha Mustaqil Davla...

Dubayda bo‘lib o‘tgan davra suhbati O‘zb...

O‘zbekiston Respublikasining Dubay shahridagi Bosh konsulxonasida joriy yil 24 oktabr kuni...

Saylovlarni o‘tkazishda xalqaro kuzatuvc...

Saylov jarayonlari oshkora va haqqoniy o‘tishini ta’minlashda kuzatuvchilarning ishtiroki ...

So`nggi yangiliklar