Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Fevral/2020   Buxoro - Islom olami madaniyati poytaxti

Madaniyat vazirligida ISESCO delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

TOSHKENT, 20-fevral. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida mamlakatimizda bo‘lib turgan  ISESCO delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda, «Dunyo» AA muxbiri vazirlik manbasiga tayanib.


Tadbirda joriy yil aprel oyida  o‘tkaziladigan «Buxoro – 2020-yilda Islom olami madaniyati poytaxti» tadbirlariga tayyorgarlik masalalari yuzasidan fikr-mulohaza almashildi. 

Ta’kidlash joizki, ISESCO delegatsiyasi 19-fevral kuni Buxoro shahriga bo‘ldi. Mehmonlar shaharda mazkur katta tadbirni o‘tkazish bilan bog‘liq ishlar bilan yaqindan tanishdi.   

— Buxoro islom tsivilizatsiyasi rivojiga juda ham katta hissa qo‘shgan. Shaharning 2020-yilda islom olami madaniyati poytaxti, deb e’lon qilinishida ham katta ma’no bor, — dedi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov. — Biz mazkur sharafli nomni yuksak qadrlaymiz va uning dorasida o‘tkaziladigan barcha anjumanlarni yuqorida darajada tashkil etishga harakat qilamiz. Bu borada ISESCO bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz.

Suhbatda  yurtimizning  ziyorat turizmi bo‘yicha imkoniyatlari yuqori ekani, xususan,  hazrat Bahouddin Naqshband va Imom Buxoriy maqbaralarini umrida bir marotaba ziyorat qilishni orzu qiladigan millionlab musulmonlar borligi qayd etildi. Shuningdek, ularni jalb etish uchun yurtimizning ziyorat turizmi va muqaddas dinimiz yo‘lida xizmat qilgan ajdodlarimiz haqida media materiallar,  kinofilьmlar yaratish kerakligi ta’kidlandi.

— Albatta bugungi uchrashuvda ko‘tarilgan masalalar juda dolzarb. Yurtingiz allomalari islom olamida katta mavqega ega. Ular dinimiz sofligini saqlashda beqiyos xizmat qilganlar, — dedi ISESCO Bosh direktori o‘rinbosari Rixiati Salix Najib. — Safarimiz davomida O‘zbekiston Buxoroning 2020-yilda islom olami madaniyati poytaxti, deb e’lon qilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarni yuqori darajada tashkil etishiga ishonch hosil qildik. 

Uchrashuvda tomonlar hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan kelishib oldi.

Mavzuga oid

Mir Arab madrasasi - asrlar sinovidan o‘...

Yurtimiz azaldan islom ilm-fani va madaniyatining qadimiy beshiklaridan biri bo‘lgan.

Buxoroda ISESCO hamkorligida xalqaro anj...

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligida ISESCO vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘t...

Rixiati Salih Najib: Buxoro qadim madani...

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida 2020 yilda «Buxoro – Islom olami madaniyati...

So`nggi yangiliklar