Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Dekabr/2021   Dolzarb

Lyuksemburglik vatandosh: Qozog‘istondagi muzokaralarda erishilgan kelishuvlar nafaqat ikki mamlakat, balki Markaziy Osiyo mintaqasining uzoq muddatli xavfsizligi va taraqqiyotini taʼminlash uchun foydali bo‘ladi


LYUKSEMBURG, 7 dekabr. /“Dunyo” AA/. Xorijdagi vatandoshimiz «Wetrust Luxembourg S.A.», «Sonneg Luxembourg S.A.» xalqaro savdo va investitsiya kompaniyalari bosh direktori, O‘zbekiston-Lyuksemburg biznes uyushmasi boshqaruvi raisi Diyor Yoqubov “Dunyo” axborot agentligiga bergan intervyusida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi:

– Biz, xorijdagi vatandoshlar ona yurtimizdan olis mamlakatlarda yashab, mehnat qilayotgan bo‘lsakda, Vatanimizda sodir bo‘layotgan voqea va yangiliklarni muntazam tarzda kuzatib boramiz. Amalga oshirilayotgan tub islohotlar va o‘zgarishlardan xursand bo‘lamiz.

Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan yangilanish jarayoni bizni olis yurtlarda birga ishlayotgan hamkasblarimizga va xorijlik do‘stlarimizga o‘z Vatanimiz haqida g‘ururlanib so‘zlab berishimizga imkon beradi.

Prezidentlikka qayta saylanganidan so‘ng davlatimiz rahbarining dastlabki tashriflari qo‘shni mamlakatlardan boshlanishi ham katta maʼno va mazmunga ega. Xususan, Markaziy Osiyoda siyosiy, iqtisodiy va boshqa yo‘nalishlarda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Qozog‘istonga davlat tashrifi ikki mamlakatning tarixan chinakam do‘st va yaqinligidan dalolat beradi.

Tashrif doirasida siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, birinchi navbatda, amaliy hamkorlik va iqtisodiyotning turli sohalarida aniq hamkorlik loyihalarini ilgari surish, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini faollashtirishning dolzarb masalalari kun tartibida ekanligi ikki xalq va millat uchun dolzarb tarixiy ahamiyatga ega.

Qolaversa, bugungi kunda qo‘shni Afg‘oniston va boshqa hududlarda sodir bo‘layotgan notinch vaziyat davrida bu kabi muloqotlarni faollashtirish, davlat rahbarlari darajasida mintaqada xavfsizlikni taʼminlash choralarini ko‘rish nafaqat ikki mamlakatda yashayotgan xalqlar uchun, balki butun mintaqa uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Qozog‘istondagi muzokaralarda erishilgan kelishuvlar nafaqat ikki mamlakat, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasining uzoq muddatli xavfsizligi va taraqqiyotini taʼminlash uchun birdek foydali bo‘lishiga ishonchimiz komil.

Mavzuga oid

Kirish imtihonlarida eng yuqori bal to‘p...

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan kecha imzolangan «Respublika oliy taʼlim muassasalariga ...

O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazi...

Bugun O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov 6-chi Hindiston xalq...

O‘zbekistonda ilk telemeditsina markazi ...

Innovatsion rivojlanish vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslas...

So`nggi yangiliklar