Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Iyun/2022   TIV yangiliklari

Litva tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi

TOSHKENT, 30-iyun. /“Dunyo” AA/. Tashqi ishlar vazirligida Litva elchisi (qarorgohi Vilnyusda) Eytvidas Bayarunas bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Litva hamkorligi doirasida rejalashtirilgan tadbirlar, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni yana-da mustahkamlash, tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda hamkorlikni kengaytirish muhimligini taʼkidladi.

Uchrashuv yakunida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, joriy yil Litva tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish xususida kelishuvga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, Eytvidas Bayarunas 2020 yil dekabrdan boshlab O‘zbekistonda Litva elchisi sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan.

Mavzuga oid

Tashqi ishlar vazirligi: O‘zbekistonning...

Tashqi ishlar vazirgi qator ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistonning Ukrainadagi elchi...

O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi ishla...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi r...

O‘zbekiston va Mongoliya hamkorligining ...

Bugun O‘zbekiston va Mongoliya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi Hamkorlik protokoli ...

So`nggi yangiliklar