Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Yanvar/2023   Hamkorlik

Litva O‘zbekistonni rivojlanishning ustuvor hamkorlari ro‘yxatiga kiritdi

RIGA, 30-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Litvadagi elchisi Qadambjy Sultonov Litva tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Mantas Adomenas bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


O‘zbekiston-Litva hamkorligiga oid keng ko‘lamli masalalar, jumladan, parlamentlararo yo‘nalish orqali va xalqaro ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi siyosiy muloqot darajasini oshirishga qaratilgan amaliy qadamlar, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yana-da rivojlantirish, O‘zbekistonga moliyaviy va texnik yordam ko‘rsatish hajmini oshirish, ikki tomonlama munosabatlarning turli sohalarini tartibga soluvchi shartnomaviy-huquqiy zaminni kengaytirish bilan bog‘liq masalarlar atroflicha muhokama qilindi.

Mantas Adomenasning aytishicha, Vilnyus O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan chuqur o‘zgarishlarni ijobiy baholar ekan, O‘zbekiston Litvaning Markaziy Osiyodagi eng muhim sherigiga aylanib borayotganini alohida taʼkidladi. Bu borada Litva O‘zbekistonni rivojlanishning ustuvor hamkorlari ro‘yxatiga allaqachon kiritgan.

Taʼkidlanganidek, bunday maqom O‘zbekistonga ko‘rsatilayotgan moliyaviy, texnik va grant yordami hajmini, jumladan, Yevropa Ittifoqining turli ixtisoslashtirilgan dasturlari imkoniyatlaridan foydalangan holda sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.

Uchrashuvda 2023 yilda bo‘lajak aloqalar jadvali, kun tartibi va darajasi ham muhokama qilindi, ko‘p qirrali O‘zbekiston-Litva hamkorligini rivojlantirishning amaliy masalalari ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid

Samarqand viloyati delegatsiyasi Indonez...

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov boshchiligidagi delegatsiya Indoneziy...

O‘zbekistonda aeroport xizmatlari bozori...

O‘zbekiston Transport vazirligi hamda «Uzbekistan Airports» AJ masʼullari «Malaysia Airpo...

Sankt-Peterburgda O‘zbekiston bilan turi...

O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsuli Alisher Boboyev mazkur shahar Turizmni ri...

So`nggi yangiliklar