Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Latviyadan munosabat: So‘nggi yillarda erishilgan ilg‘or natijalarning huquqiy asosini mustahkamlash uchun O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlarga talab mavjud

 RIGA, 30-iyun. /“Dunyo” AA/. Latviya Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti direktori Nina Linde “Dunyo” AA uchun sharhida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar haqidagi fikrlarini bildirdi.


- O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar Latviyada katta qiziqish bilan kuzatilmoqda, - dedi ekspert. – Bosh qomusga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Konstitutsiyaviy qonun loyihasi keng qamrovli xalqaro tajriba va amaliyotni hisobga olgan. Shu bilan birga, mening fikrimcha, Konstitutsiyada «O‘zbekiston - ijtimoiy davlat» tamoyilining mustahkamlanishi alohida eʼtiborga loyiqdir. Shavkat Mirziyoyev Prezidentligi yillarida buning uchun mustahkam zamin yaratildi.

Xususan, aholini arzon va zamonaviy uy-joy bilan taʼminlash, bolalar manfaatlarini himoya qilish, davlat tomonidan nogiron va ko‘makka muhtoj insonlar uchun zarur shart-sharoit va teng imkoniyatlar yaratilishiga kafolat berish, shu jumladan xalqaro ilg‘or tajribalar asosida inklyuziv taʼlim berish kabi saʼy-harakatlarni taʼkidlash mumkin.

Men mehnat huquqlarini kafolatlash va aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishda, shu jumladan, kambag‘allikni tizimli ravishda qisqartirish muammosini davlat siyosati darajasiga ko‘tarishda davlatning faol rolini alohida taʼkidlashni istardim.

Shu o‘rinda qayd etish kerakki, ushbu muammoning mavjudligi haqidagi bayonot O‘zbekiston rahbarining kuchli siyosiy irodasini  va ushbu masalani maqsadli hal etishga bo‘lgan qatʼiyatini namoyon etdi. Bu jarayondagi tizimli yondashuv, yaʼni mamlakat bo‘ylab kam taʼminlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari» kabi mexanizmlarning joriy etilishi ijobiy natijalar bermoqda.

So‘nggi yillarda erishilgan ilg‘or natijalarning huquqiy asosini mustahkamlash, Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida hayotga tadbiq etilayotgan keng qamrovli va uzoq muddatli islohotlar jarayonining ortga qaytmasligini  kafolatlash uchun konstitutsiyaviy islohotlar zarur, deb o‘ylayman.

 

Mavzuga oid

Ispaniyadan munosabat: O‘zbekiston Prezi...

«El Mundo Finanaciero» axborot agentligi bosh muharriri Xose Luis Barcelo mamlakatimizda ...

O‘zbekistonda Rossiya Ichki ishlar vazir...

O‘zbekiston TIV ning konsullik-huquqiy departamentida Rossiya Ichki ishlar vazirligining «...

Polshada O‘zbekistondagi konstitutsiyavi...

Mamlakatimizning Varshavadagi elchixonasida O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosat bo‘y...

So`nggi yangiliklar