Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/May/2022   Dolzarb

Latviyadan munosabat: Rasmiy Toshkent Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik va ko‘p qirrali sheriklikni izchil mustahkamlash tarafdori

RIGA, 28 may. /“Dunyo” AA/. Latviya Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq siyosiy tadqiqotlar xalqaro instituti prezidenti Aydin Askarov Prezident Shavkat Mirziyoyevning kecha o‘tkazilgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishidagi ishtiroki bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


- Toshkentning mamlakatlararo jadal aloqalar va muloqotni davom ettirish borasidagi faol saʼy-harakatlari O‘zbekistonning nafaqat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, balki Yevropa Ittifoqi davlatlari, xususan, Latviya bilan savdo hajmi va dinamikasini oshirish yo‘lida ijobiy natijalar bermoqda.

O‘zbekiston Prezidentining 2 milliard isteʼmolchisi bo‘lgan Janubiy Osiyo bozoriga eng qisqa yo‘lni taʼminlaydigan Termiz shahridan Pokistonning Peshovar shahrigacha bo‘lgan trans-afg‘on temir yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni oshirish to‘g‘risidagi taklifining taʼminlanishi iqtisodiy faollik va biznes harakatchanlikni oshirishga xizmat qiladi.

Umuman olganda, O‘zbekiston Prezidentining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, o‘zaro faol savdo yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, trasport, tranzit va chegara tartib-qoidalarini takomillashtirish, raqamli xizmatlar, qishloq xo‘jaligi va monopoliyaga qarshi siyosat, soliq va bojxona maʼmuriyatini takomillashtirish kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan nutqi o‘z mazmun-mohiyati va ahamiyati jihatidan eʼtirofga loyig‘ligini alohida taʼkidlashni istardim.

Eng muhimi, O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida Toshkent Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik va ko‘p qirrali sheriklikni izchil mustahkamlash vositasida mintaqa davlatlarining barqaror taraqqiyotini taʼminlashga sodiq ekanini taʼkidladi.

 

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni huquq-...

O‘zbekistonning Saudiya Arabistoni Podshohligidagi (SAP) elchixonasi tomonidan O‘zbekisto...

Fransis Gyuri: Global innovatsion indeks...

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Jahon intellektual mulk t...

O‘zbekiston – O‘mon hukumatlararo komiss...

Kecha Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – O‘mon hukumatlararo komissiyasinin...

So`nggi yangiliklar