Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/Iyul/2020   Ilm-fan

Latviya O‘zbekiston uchun qo‘shimcha ta’lim grantlari ajratishini ma’lum qildi

RIGA, 12 iyul. /«Dunyo» AA/. Latviya Ta’lim va fan vazirligi huzuridagi Ta’lim va rivojlanish bo‘yicha davlat agentligi Latviya oliy o‘quv yurtlari, ilmiy markazlarida o‘qish, shuningdek, tadqiqotlar olib borish uchun davlat stipendiyalarini ajratishga bo‘lgan talabnomalarni qanoatlantirish natijalarini e’lon qildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.


Unga ko‘ra, 2020-2021 o‘quv yili uchun O‘zbekistonga 11 ta grant ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, bu o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 7 taga ko‘pdir.

Mamlakatimizning Latviyadagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, bu yil O‘zbekiston Finlyandiya, Germaniya, Isroil, Shvetsiya, Ukraina kabi davlatlar bilan bir qatorda Latviya grantlarining asosiy ishtirokchilaridan biriga aylandi. Ta’lim va rivojlanish bo‘yicha davlat agentligi ma’lumotiga ko‘ra, grantlar olish uchun dunyoning 30 ga yaqin davlatidan 350 ga yaqin talabnoma topshirilgan.

Stipendiantlar Latviyaning Stradinya nomidagi Riga universiteti, Latviya universiteti va Riga texnika universiteti kabi yetakchi universitetlarda tahsil oladi.

O‘zbekiston elchisi Qadamboy Sultonovning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda Fan va ta’lim bo‘yicha O‘zbekiston – Latviya hukumatlararo bitimini imzolash masalasi ishlab chiqilmoqda.

Mavzuga oid

Belarus va O‘zbekiston yozuvchilarining ...

O‘zbekiston va Belarus Yozuvchilar uyushmalari vakillari ikki mamlakat o‘rtasidagi adabiy ...

TATU doktoranti innovatsion krovat va re...

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bir guruh ilmiy tadqiqotchilari tibbiyo...

«Innoweek-2020» haftaligida O‘zbekiston ...

Loyiha doirasida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash hamda xususiy sek...

So`nggi yangiliklar