28/May/2022 Hamkorlik
SEUL, 28 may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari «Koreya Respublikasi–Markaziy Osiyo» hamkorlik forumi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston diplomatik vakolatxonalari vakillari ham qatnashdi.
Tadbir davomida «Koreya Respublikasi - Markaziy Osiyo» hamkorlik forumi 15-uchrashuvining tashkiliy jihatlari muhokama qilindi.
Janubiy Koreya tomoni forumning navbatdagi yig‘ilishi oktyabr oyida Pusanda tashqi ishlar vazirlari darajasida o‘tkazilishini maʼlum qildi.
Tadbir davomida Forum kotibiyatining 2022 yilga mo‘ljallangan ish rejasining bajarilishi to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.