Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Avgust/2022   Sport

Ko'nyodagi zafar – sport sohasidagi islohotlarning yorqin ifodasi

ANQARA, 19 avgust. /“Dunyo” AA/. Turkiyaning qadimiy va maftunkor shaharlaridan biri Ko'nyoda nihoyasiga yetgan Islom birdamlik o‘yinlarini vakillarimiz mezbonlardan keyin obro‘li ikkinchi o‘rin bilan yakunladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Sportchilarimiz 51 ta oltin, 42 ta kumush va 65 ta bronza, jami hisobda 158 medalni qo‘lga kiritdi.

56 ta davlatdan kelgan sport ustalari ichida mamlakatimiz jamoasi o‘ziga xos irodasi, tartib-intizomi va Vatan shaʼnini yuqori ko‘tarishga bo‘lgan intilishi bilan alohida ajralib turganini taʼkidlash zarur. Vatandoshlarimiz uchun ajratilgan turargohda ham ushbu holat yaqqol namoyon bo‘ldi. Bu yerda o‘rnatilgan ulkan bayroq sportchilarimizni har kuni olg‘a chorlab turdi.

Umuman olganda, Ko'nyo musobaqalarida erishilgan natijalar so‘nggi yillarda mamlakatimizda sportning barcha sohalarini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ishlarning samarasi bo‘ldi. Darhaqiqat, davlatimiz rahbarining alohida eʼtibori bois jismoniy tarbiya va sport sohasi yangicha tamoyillar asosida rivojlanib bormoqda. Nafaqat markaziy hududlar, balki viloyatlarning chekka qishloqlarigacha kirib borayotgan sog‘lom turmush tarzi va sport bilan shug‘ullanish madaniyati yangi-yangi yosh sportchilarni kashf etishga yo‘l ochmoqda.  

“O‘zbekistondagi islohotlarni yaqindan kuzatib kelaman, barcha sohada bo‘lganidek, sportga bo‘lgan ehtiborni yaqqol his qilaman, - deydi turkiyalik mutaxassis Masʼud Qorako‘sa. - Xorazm, Shahrisabz va Buxoroning chekka mahallalarida, har manzilda yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun infratuzilma va imkoniyatlar yaratilganini ko‘rasiz. Barcha sportga tashna va ishtiyoqmand. Hatto yoshi kattalar ham kunlik maʼlum miqdorda yurish meʼyorlariga amal qilayotganini ko‘rasiz. Sohadagi yangicha tashabbuslar, xususan, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni sportga jalb qilishga yo‘naltirilgan keng miqyosli loyihalar ehtiborga molik. Konyadagi g‘alabalarda ana shu loyihalar muhim rol o‘ynadi, deb hisoblayman.

Haqiqatan ham, Yangi O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”, mahalla sporti kabi loyihalar asosida yurtimizda ommaviy sportni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Bunyod etilayotgan majmualar, madaniy maskanlar, infratuzilma obyektlarida yetishib chiqqan yoshlar o‘zbekning dovrug‘ini butun dunyoga tarannum etmoqda.

Mavzuga oid

Parijda Kurash bo‘yicha O‘zbekiston Resp...

Mamlakatimiz Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantiri...

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi qitʼa...

Kecha mamlakatimizda o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogining yarim final o‘y...

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti ...

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti sov...

So`nggi yangiliklar