Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Iyul/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi: Tehronda O‘zbeistondagi konstitutsiyaviy islohotlar mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

TEHRON, 4-iyul. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasida «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda Eronda vaqtincha yashayotgan va taʼlim olayotgan vatandoshlar, mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Anjumanda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomondan bildirilgan qator ustuvor yo‘nalishlar, yurtdoshlarimiz ilgari surgan takliflar asosida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ishlab chiqilgani va u joriy yilning 25 iyunidan 5 iyuliga qadar umumxalq muhokamasiga qo‘yilgani maʼlum qilindi.

Shu bilan birga, vatandoshlarga Konstitutsiyaviy komissiya faoliyati, joriy yil 20 iyun kuni davlatimiz rahbarining Komissiya aʼzolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bildirgan takliflari haqida so‘zlab berildi.

Muloqot davomida fuqarolarimiz Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgarishlarga befarq bo‘lmaslikka, mazkur muhim siyosiy jarayonda faol qatnashishga chaqirildi, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohaza va takliflarini “Meningkonstitusiyam.uz” elektron platformasiga yuborishlari mumkinligi taʼkidlandi.   

O‘z navbatida, davra suhbati ishtirokchilari umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasida nazarda tutilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni qo‘llab-quvvatlashini taʼkidlab, ushbu o‘zgarishlar Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan demokratik islohotlarning huquqiy poydevorini yana-da mustahakamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Mavzuga oid

Polshadan munosabat: Xalqimiz manfaatini...

Polshadagi vatandoshlarimiz O‘zbekistonda boshlangan konstitutsiyaviy islohotlarga o‘z mu...

Indoneziyadagi vatandosh: Konstitutsiyav...

Indoneziyadagi vatandoshimiz Svetlana Galiulina O‘zbekistondagi konstitutsion islohotlarga...

Belarusdan munosabat: O‘zbekiston nafaqa...

Belarus Milliy texnika universiteti professori, Belarus-O‘zbekiston Qo‘shma fanlararo amal...

So`nggi yangiliklar